Ravil Abdrshin




1925-yilda Orenburg viloyati Novomusino qishlogʻida tugʻilgan. Millati Tatar. 1942-yil iyul oyida Kattaqoʻrgʻon pedagogika bilim yurtini imtiyozli diplom bilan tugatib, Samarqand viloyati, Kattaqoʻrgʻon shahridagi maktabda oʻqituvchi boʻlib ishladi.

Xizmatlari



Sovet Armiyasiga Kattaqoʻrgʻon tuman harbiy qismdan xizmatga chaqirilgan. Serjant 1943-yil fevral oyidan boshlab, 40-armiya 69-mexanizatsiya brigadasi, 1-mexanizatsiya oʻqchi bataloni pulemyotchilar otradiga qoʻmondonlik qildi.

1943-yil 22-sentyabrda serjant Ramil Abdrshin oʻz otryadi bilan birgalikda Dneprni kesib oʻtadi va Abdrshin qoʻmondonligi ostidagi otryad birinchi boʻlib mudofaaga kirishadi, shunigdek boshqa barcha boʻlinmalarning Dneprga muvaffaqiyatli oʻtishni taʼminlaydi.

Jangda otryad boshligʻi Abdrshin ogʻir yarador boʻladi, 1943-yil 8-noyabrda ogʻir jarohati tufayli vafot etadi.

U koʻrsatgan qahramonliklari uchun 1943-yil 17-noyabrda SSSR ning Oliy Kengashi Prezidiumi Farmoni bilan serjant Abdrshin Ravil Sovet Ittifoqi Qahramoni, Jasorat (Medal Za otvagu) unvoniga sazovor boʻlgan.

Manbalar




Xotira



Koʻrsatgan qahramonligi uchun Zarubintsy qishlogʻida Qahramonlar sharafiga yodgorlik oʻrnatilgan, shuningdek, Samarqand viloyatining Kattaqoʻrgʻon shahridagi 3-maktabga qahramon xotirasiga yodgorlik lavhasi oʻrnatilgan.

Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari

uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz