Ravh ibn Ubboda Basriy




Ravh ibn Ubboda Basriy  — (820-yilda vafot etgan) muhaddis olim.

Ravh ibn Ubboda ibn Ulo ibn Hasson Abu Muhammad Qaysiy
Basriy ulugʻ muhaddislardan boʻlgan va katta hadis hofizlaridan deb eʼtirof etilgan. Ravh ibn Ubboda oʻz davrining kuchli roviylari Ibn Avvan ibn Abu Uruba va ularning tabaqotlaridan hadis eshitgan.
Ravh ibn Ubboda Basriydan Ahmad ibn Hanbal, Ishoq, Bannor, Ishoq Kavsaj, Bishr ibn Muso va boshqalar hadis rivoyat qilgan.
Ravh ibn Ubboda Basriy haqida Kadimiy: "Ali ibn Madaniydan eshitdim: „Ravh ibn Ubbodadan oʻn mingdan ziyod hadis oldim“, — dedi. Yaqub ibn Shayba: „Ravh ibn Ubboda hadis solingan idishga oʻxshaydi. U vaqtini faqat hadis u-n bagʻishlagan muhaddisdir“, — degan. Xatib Bagʻdodiy: „Ravh ibn Ubboda sunan va ahkomlar toʻgʻrisida koʻplab kitoblar tasnif etgan ishonchli muhaddislardan“, — degan taʼrifni beradi.
Ravh ibn Ubboda Basriy 820-yilda jumodul ula oyida vafot etgan.

Adabiyotlar




Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz