Raul Albiol
Raul Albiol Tortaxada (ispancha: Raúl Albiol Tortajada; 4-sentabr 1985) — ispaniyalik futbolchi, Ispaniya milliy terma jamoasi va Real Madrid himoyachisi.
Faoliyati
Albiol 9 yoshida sobiq futbolchi otasining saʼy-harakatlari evaziga „Bendirom“ jamoasi oʻyinchisi boʻldi. Valensiya bilan kechgan oʻrtoqlik uchrashuvida u oʻzini juda yaxshi koʻrsatdi va valensiyalik murabbiy otasiga oʻzining jamoasini taklif etdi.
2005-yilda u „Xetafe“ jamoasida ijara asosida toʻp surdi. „Xetafe“dagi faoliyati davomida Raul oʻzi uchun kerak boʻlgan tajribalarni toʻpladi, yuqori oʻyinlar koʻrsata boshladi va oqibatda Valensiya jamoasiga oʻtib, asosiy tarkibdan joy oldi va Ispaniya terma jamoasi tarkibiga ham kiritila boshlandi.
2009-yilning 25-iyun kunida Raul Albiol 15 mln. yevro evaziga madridning „Real“ superklubiga qoʻshilgan holda klub prezidenti Florentino Perezning proyektining qatnashuvchilaridan biri boʻldi. 2-iyul kuni u rasman klub stadionida tanishtirildi va 18 raqamli maykani egasi boʻldi.
Albiol „Qirollik klubi“ uchun 8-dekabrda Chempionlar ligasi musobaqasi doirasida Marselga kechgan uchrashuvda debyut golini kiritdi.
2012-yil 7-avgustda Albiol va Real Madrid oʻrtasida tuzilgan shartnoma muddati 2017-yilgacha choʻzildi. 2013-yil 21-iyulda Italiyaning Napoli jamoasiga o'tdi. Transfer narxi 12 mln. yevroni tashkil etdi. Raul Rafael Benitez murabbiyligi ostidagi jamoa bilan to'rt yillik shartnoma imzoladi.
Statistika
2012-yil 13-may holatiga.
Erishgan natijalari
Shaxsiy hayoti
Uylangan, ikki qizi bor — Asaaru (16.03.2009) va Almu (7.01.2010).
Qiziqarli faktlar
Izohlar
Havolalar
uz.wikipedia.org