Rauf-Rafail Katsenovich
Rauf-Rafail Aleksandrovich Katsenovich (7-sentabr 1920, Toshkent — 20-oktabr 2003) — terapevt, kardiolog va fizioterapevt. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik (2000), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1968), tibbiyot fanlari doktori (1964), professor (1966). Toshkent tibbiyot akademiyasi ni tugatgan (1945). Bosh turkman kanali qurilishida 1-tibbiyot-sanitariya qismining boshligʻi (1951-53), Oʻzbekiston sogʻliqni saqlash vazirligi Salomatlikni tiklash va fizioterapiya ilmiy tadqiqot institutida ilmiy kotib (1953-58), direktor oʻrinbosari (1958—72), ayni vaqtda Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutida kafedra mudiri. 1972-yildan Toshkent tibbiyot akademiyasi (1990-yildan 2-Toshkent tibbiyot akademiyasi) gospital terapiya kafedrasi mudiri, Kardiologiya ilmiy tadqiqot institutidirektori (1976—97), 1997-yildan yurakning ishemik kasalligi laboratoriya mudiri. K. revmatizm, ovqat hazm qilish aʼzolari kasalliklari, yurakning ishemik kasalligi, gipertoniya kasalligini aniqlash va davolash usullari ustida ilmiy ish olib borgan. Kurortologiya, fizioterapiya va yurak-tomir sistemasi kasalliklariga oid asarlar muallifi.
Manbalar
uz.wikipedia.org
Sun'iy intellekt javobi:
Rauf-Rafail Katsenovich haqida mavjud ma’lumotlar juda cheklangan. Umuman olganda, internet va ochiq manbalarda uning haqida keng qamrovli ma’lumotlarga duch kelmaysiz. Agar u haqida aniq bir sohaga oid yoki shaxsiy kontekstda so‘rayotgan bo‘lsangiz, iltimos, qo‘shimcha tafsilotlar bering.
Agar Rauf-Rafail Katsenovich haqida qo‘shimcha ma’lumot olishni xohlasangiz, siz qaysi soha yoki faoliyat turi bo‘yicha ma’lumot kerakligini, misol uchun, ilmiy faoliyat, san’at, siyosat yoki boshqa biror yo‘nalishdagi ma’lumotlarni aniqlashtirsangiz, men yordam berishga harakat qilaman.