Rauf Abdullayev
Rauf Abdullayevich (1922.5.5, Namangan viloyati Pop tumani) — terapevt, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1968). tibbiyot fanlari doktori (1958), professor (1960). SamMI gospital terapiya kafedrasi assistenti (1943-45) va shu institut direktori (1945 — 51), 1952-yildan Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutining terapiya kafedrasida assistent, dotsent, kafedra mudiri (1961-92), 1992-yildan 2-terapiya kafedrasida professormaslahatchi. Ilmiy ishlari, asosan yurak-tomir va jigar kasalliklarining kelib chiqish sabablari, ularning oldini olish va davolash masalalariga bagʻishlangan.
Adabiyotlar
uz.wikipedia.org