Ratchet & Clank (video oʻyin, 2002)
Ratchet & Clank 3D platformer janridagi videooʻyin boʻlib, Insomniac Games tomonidan ishlab chiqarilgan va Sony Computer Entertainment tomonidan nashr etilgandir. 2002-yili chiqarilgan. PlayStation 2 uchun moʻljallangan. Ratchet & Clank videooʻyinlar seriyasining ilk qismidir.
Oʻyin voqealariga koʻra, antropomorfik qahramon — Ratchet ona sayyorasi boʻlgan Veldinda Clank ismli robot bilan uchrashadi. Clank Blarg irqidan boʻlgan yovuz — Chairman Drek oʻz turiga mansub jonzotlar uchun yangi bir sayyora barpo etish va bu jarayon davomida boshqa sayyoralarni tanazzulga yuz tuttirishni rejalashtirganligini aniqladi. Clank Ratchetni mashhur qahramon boʻlmish Captain Qwarkning koʻmagida Drekni toʻxtatishdan iborat missiyani bajarishda unga hamroh boʻlishiga koʻndiradi.
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org