Ratchet & Clank 2
Ratchet & Clank 2 (
Ratchet & Clank: Going Commando ) 2003-yili chiqarilgan 3D platformer janridagi videooʻyin boʻlib, Insomniac Games shirkati tomonidan ishlab chiqarilgan va Sony Computer Entertainment tomonidan nashr etilgan. PlayStation 2 uchun moʻljallangan. Ratchet & Clank videooʻyinlar franshizasining ikkinchisidir.
Oʻyin ikki qahramonning fazo boʻylab qilgan sarguzashtlari haqida hikoya qiladi: Ratchet — koinotdagi Lombax turining soʻnggi vakillaridan biri — va Clank — kichik robot va koʻplab texnik xususiyatlarga ega va yaxshigina yumor tuygʻusiga sohib Ratchetning doʻsti.
2007-yil 30-iyun holatiga koʻra, ushbu videooʻyin umumjahon boʻylab deyarli 3 million nusxada sotildi.
Reyting
Ratchet & Clank 2 videooʻyin tanqidchilari tomonidan ijobiy baholandi.
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org