Rasulqori Hofiz Mamadaliyev




Rasulqori hofiz Mamadaliyev (1928.7.6, Oʻsh viloyati, Suzoq qishlogʻi — 1976.8.9, Buvayda tumani) — xonanda, sozanda (tanbur, dutor, skripka) va askiyachi. Jarangdor, tiniq va jozibali ovoz sohibi. Ehtirosli va shiddatli ijro uslubini yaratgan. Musiqadan ilk saboklarini Kamoliddin Hamroqulov (keyinachlik hamnafasi), Us t a Qurbonlardan olgan. Koʻzi tugʻma ojiz Rasulqori hofiz Mamadaliyev noyob isteʼdod va kuchli xotira egasi boʻlib, koʻpgina ashula va cholgʻu yoʻllarini grammplastinka yozuvlari orqali oʻzlashtirgan. Keyinchalik J. Sultonov, M. Uzoqov kabi ustoz sanʼatkorlarning ijrochilik anʼanalarini oʻrgangan. Repertuaridan maqom va mumtoz ashula yoʻllari ("Bayot I—V", "Dugoh Xusayn I—VII", "Segoh", "Beboqcha", "Bozurgoniy", "Galdir" va boshqalar), zamonaviy bastakorlar asarlari ("Oqibat", "Topmadim", O. Xotamov; "Kuygay", "Judo", Yu.Rajabiy; "Sallamno", N.Hasanov; "18 yoshingdadur, M.Mirzayev; "Dilrabolardan biri", J.Sultonov), katta ashulalar ("Aylading ketding", "Oh kim", "Izlarman" kabi), xalq yalla va ashulalari ("Ey doʻst", "Hayhay", "Oromijon") oʻrin olgan. Ijroda soʻz talafuzining aniq va burroligi, soz va ovoz mutanosibligiga erishgan. Cholgʻu va ashula yoʻllarini, marsiyalar bastalagan ("Gʻazalxonlik", "Mehmonsan", "Dorman" va boshqalar).

Manbalar






uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz