Rasulov Hasan Gʻofurovich




Hasan Gʻofurovich Rasulov (1913.15.3, Qizil Urda shahri, Qozogʻiston — 1992.22.3, Toshkent) — faylasuf olim. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1973), professor (1965). Toshkent kechki pedagogika institutida oʻqituvchi (1933-yildan), Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti falsafa kafedrasining mudiri (1948—67). 1968-yildan Toshkent Davlat Universiteti huzuridagi Ijtimoiy fanlar oʻqituvchilari malakasini oshirish instituti falsafa kafedrasi mudiri. Ilmiy ishlari axloq, falsafa fanlarini oʻqitish metodikasi masalalariga bagʻishlangan. Toshkentdagi koʻchalardan biriga uning nomi qoʻyilgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz