Rasmus Højlund
Rasmus Winther Højlund (Talafuzi Rasmus Xeylund. 2003-yil 4-fevralda tugʻilgan) — Daniyalik professional futbolchi, Italiya A Seriasining „Atalanta“ klubi va Daniya terma jamoasida hujumchi sifatida oʻynaydi.
Klub karerasi
Kopengagen
Xeylund professional faoliyatini 2020-yilda oʻzining tugʻilgan shahri Kopengagen klubida boshlagan. 2021-2022-yilgi mavsumda u Yevropa musobaqalarida debyut qiladi va UEFA Yevropa konferentsiya ligasida saralash bosqichlari va turnirda beshta gol kiritadi.
Shturm Graz
2022-yilning yanvarida Xeylund Avstriya Bundesligasi klubiga 1,8 mllion evro evaziga qoʻshiladi. U 2021-2022-mavsumning qolgan qismida va 2022-2023-yilgi mavsum boshida barcha musobaqalarda 21 o‘yinda 12 gol uradi.
Atalanta
2022-yil 27-avgustda Xeylund A Seriyaning „Atalanta“ klubi bilan 17 million evroga evaziga shartnoma imzolaydi. U „Atalanta“ uchun birinchi golini 5 sentyabr kuni „Monza“ ga qarshi oʻyinda (2:0) kiritadi.
Milliy terma jamoa
2022-yil sentabrida Xeylund Daniya terma jamoasi safida UEFA Millatlar ligasi doirasida Xorvatiya va Fransiyaga qarshi birinchi xalqaro o‘yinlarini o‘tkazgan. 2023-yilning 23-martida u o‘zining ilk xalqaro turnerida milliy terma jamoa safida maydonga tushgan va UEFA Evro-2024 saralash bosqichida Finlandiyaga qarshi 3:1 hisobida g‘alaba qozonilgan oʻyinda xet-trik qayd etadi.
Faoliyat statistikasi
Klub
2023-yilning 1-Apreligacha bo'lgan o'yinlar[1]
Xalqaro
2023-yil 26-Martgacha bo'lgan o'yinlar[5]
Birinchi boʻlib Daniya hisobi qayd etilgan, hisoblar ustuni Højlundning har bir golidan keyin ochkoni koʻrsatadi[6].
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org