Rasmus Bengtsson (xokkeychi)




Rasmus Bengtsson (talaffuzi: Rasmuz Bengtson) (1993-yil 14-mayda tugʻilgan) — shvetsiyalik professional xokkeychi. Hozirda Rasmus Bengtsson Shvetsiya xokkey ligasi (SHL) vakili „HV71“ xokkey jamoasida oʻynamoqda. Rasmus Bengtsson „Florida Panthers“ xokkey klubi safiga 2011-yilgi NHL kirish loyihasining ikkinchi bosqichida 59-oʻrindagi tanlov asosida qabul qilingan edi.

Oʻyin faoliyati



Rasmus Bengtsson 2008—2009-yilgi Rikspucken All-Star jamoasiga tayinlangan. Rikspucken (shvedchadan „milliy shayba“ deb tarjima qilinadi) bir marta oʻtkaziladigan turnir hisoblanadi. Ushbu turnirda ishtirok etish yoshini 2009-yilda Shvetsiya xokkey assotsiatsiyasi maksimal yoshni 16 dan 15 ga tushirgan. Shundan soʻng TV-shayba uchun juda keksayib qolgan oʻsmirlar oʻrtasida ushbu turnir boʻlib oʻta boshlagan.

Rasmus Bengtsson 2009—2010-yilgi mavsumda „Rögle J20“ xokkey jamoasida o‘ynab, o‘zining eng yaxshi mavsumini o‘tkazdi. Rasmus Bengtsson 2010-yil iyun oyida „Rögle BK“ xokey klubining kattalar jamoasi bilan shartnoma imzoladi.

„Djurgårdens IF“ xokkey klubi 2021—2022-yilgi mavsumda Hockey Allsvenskanga tushirilgandan soʻng, Rasmus Bengtsson klubni tark etdi. Shundan soʻng, Rasmus Bengtsson 2022-yil 13-mayda uch yillik shartnoma asosida yangi diviziyaga koʻtarilgan „HV71“ xokkey klubi safiga qoʻshildi.

Faoliyat statistikasi



Muntazam mavsum va pley-off oʻyinlari




Xalqaro




Mukofotlar



— 2008—2009 Rikspucken yulduzlar jamoasi

— 2010-yilgi oʻsmirlar oʻrtasidagi Jahon xokkey challenge musobaqasi (Shvetsiya jamoasi bilan bronza medali)

— 2011-yilgi IIHF U18 jahon chempionati (Shvetsiya milliy xokkey terma jamoasi bilan kumush medal)

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz