Rasmiy o‘yinlarda 500 va undan ortiq gol urgan erkak futbolchilar ro‘yxati




Birinchi marta 2007-yilda chop etilgan IFFHS statistikasiga koʻra, yuqori darajadagi futbol musobaqalarida 23 futbolchi klub va xalqaro futboldagi faoliyati davomida 500 yoki undan koʻp gol urgan. Barcha darajadagi musobaqalarni hisobga olgan holda, RSSSF (Rec.Sport.Soccer Statistics Foundation (Futbol Sporti Statistikalari Federatsiaysi)) Germaniyaning Der Spiegel gazetasida 59 nafar futbolchi ushbu natijaga erishganini maʼlum qilgan.

Vengriyalik Imre Schlosser 1927-yilda nafaqaga chiqishidan biroz oldin 500 ta gollik natijaga birinchi boʻlib erishdi.

Sakkizta futbolchi esa 500ta golni bitta klubda faoliyat olib borib erishgan. Ular: Jozef BiCan (" Slavia Praga "), Jimmy Jones („Glenavon“), Jimmy McGrory („Celtic“), Lionel Messi („Barcelona“), Gerd Muller („Bavariya“), Pele („Santos“), Fernando Peyroteo („Sporting“) va Uwe Seeler („Hamburg“). 2004-yilgi debyuti va 2021-yilgi jamoani tark etishi oraligʻida 672 ta gol urgan Lionel Messi ushbu sakkiztasilik orasida peshqadam hisoblanadi.

Roʻyxat tuzish tarixi



Xalqaro futbol boshqaruv organi FIFA hech qachon eng koʻp gol urgan futbolchilar roʻyxatini eʼlon qilmagan va bu borada rasmiy qaydlar yuritmaydi, lekin turli toifalar boʻyicha reytinglar tuzib turadi.

2021-yilda portugaliyalik hujumchi Cristiano Ronaldo oʻzining 760-golini urganida shu vaqtga qadr qayd etib borilayotgan rekordni yangilangani haqida xabar berilgan. Lekin buning aniq miqdorini aniqlashning iloji yoʻqligi ham keng eʼtirof etilgan (oldingi avlodlar statistikasi koʻpincha bahs-munozaralarga sabab boʻladi). Futbol jurnalisti Jonatan Wilson va Italiyaning Corriere dello Sport gazetasi muharriri Ivan Zazzaroni sobiq nemis hujumchisi Helmchen 981ta gol urgan boʻlishi mumkinligini taʼkidlashdi. Ronaldoning oʻzi bu masalaga toʻxtalib, "Oʻshandan beri dunyo oʻzgardi, futbol ham oʻzgardi, ammo bu biz faqat oʻz manfaatlarimizga koʻra tarixni oʻchirib tashlashimiz mumkin degani emas" dedi.

Qaydlarga boʻgliq boshqa daʼvolar ham bor edi. Masalan, Ginnesning Rekordlar kitobi Peleni 1279 gol bilan „eng koʻp gollar muallifi“ deb hisoblashi yoki braziliyalik hujumchi Romario 2007-yilda oʻzining 1000-golini urganini nishonlagani buning yorqin misoli. Biroq keyinchalik Romario va Pele gollarining qanchadir qismini oʻrtoqlik oʻyinlariga kiritilganini tan olgan. Keyinchalik koʻrsatkichlar mos ravishda 767 va 772 ta golga tushirlgan.

Encyclopædia Britannica nashrining taʼkidlashicha, braziliyalik Arthur Fridenreich FIFA tomonidan 1329 ta gol urganini „rasmiy ravishda tan olgan“, lekin bu daʼvoga juda kam dalil va hech qanday rasmiy hujjat yoʻq edi.

2022-yilning mart oyida Ronaldo FIFA tomonidan rasman tan olingan Bicanning 805 golli koʻrsatkichidan oʻzib ketdi.

Rasmiy futbol uchrashuvlarida 500 yoki undan ortiq gol urgan futbolchilar roʻyxati



  IFFHS (Xalqaro futbol tarixi va statistikalari federatsiyasi) va boshqa ommaviy axborot vositalarining maʼlumotlariga koʻra, 25 nafar futbolchi yuqori darajadagi futbol musobaqalarida 500 va undan ortiq gol urgan.

23 September 2023[2]
Qora rangda ismlari yozilgan futbolchilar hozirda ham oʻz faoliyatini amalga oshiradi.

RSSSF statistikasi



RSSSF reyting tuzishda IFFHS va boshqa ommaviy axborot vositalaridan farqli metodologiyadan foydalanganligi sababli, 59 futbolchining barcha darajadagi musobaqalarni hisobga olgan holda oʻtkazgan oʻyinlarida 500 yoki undan koʻp gol urgan deb topildi.

23 September 2023[2]
Qora rangda ismlari yozilgan futbolchilar hozirda ham oʻz faoliyatini amalga oshiradi.

Yana qarang




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz