Rasim Akchurin




Rasim Akchurin Sulaymonovich (1931-yil 24-dekabr; Oʻzbekiston SSR, Zangiota tumani) – sovet qoʻmondoni, general-polkovnik (17.02.1990).
Mashhur kardiojarroh akademik Renat Akchurinning ukasi.

Hayoti



Rasim Akchurin 1931-yil 24-dekabrda Toshkent viloyati, Zangiota tumani, Zangiota qishlogʻida oʻqituvchi oilasida tugʻilgan. 1933-yildan boshlab Andijonda, ota-onasining yangi ish joyida yashay boshlagan. 1949-yilda Andijondagi oʻrta maktabni tugatgan. 1949-yildan M. I. Kalinin nomidagi Leningrad politexnika institutida tahsil olgan.

1951-yilda institutning ikkinchi kursini tamomlab, Sovet Armiyasi safiga chaqirilgan. 1954-yilda Havo mudofaasi kuchlarining 3-Boltiq zenit-artilleriya maktabini tamomlagan (Latviya SSR, Aluksne shahri). 1954-yildan Turkiston harbiy okrugining 30-alohida havo hujumidan mudofaa korpusida vzvod komandiri (Qirgʻiziston SSR, Mayli-Say qishlogʻi), 1957-yildan S-75 zenit-raketa tizimida vzvod komandiri lavozimlarida xizmat qilgan.

1970-yilda Havo mudofaasi Harbiy qoʻmondonlik akademiyasini tamomlagan. 1970-yildan Moskva havo mudofaasi okrugida xizmat qilgan va 291-zenit-raketa polkining komandiri boʻlgan (Kostroma viloyati Neya shahri). 1973-yildan 16-havo mudofaasi korpusining (Gorkiy shahri) zenit-raketa qoʻshinlari boshligʻi boʻlgan. 1974-yilda qoʻmondon oʻrinbosari va 1982-yilda 3-Havo mudofaasi korpusi qoʻmondoni (Yaroslavl), 1982-yilda Moskva havo mudofaasi okrugi zenit-raketa kuchlari qoʻmondoni boʻlgan. 1985-yilda mamlakat Havo mudofaasi kuchlarining zenit-raketa qoʻshinlari qoʻmondoni boʻlgan. 1992-yilda zaxiraga oʻtkazilgan.

Rasim Akchurin 1993–1996-yillarda Aerokosmik kompleksni konvertatsiya qilish boʻyicha Rossiya markazida maslahatchi, 1996–1999-yillarda Rossiya Federatsiyasi hukumati maʼmuriy boʻlimi maslahatchisi, 1999-yil yanvar oyidan avgust oyigacha Rossiya Federatsiyasi hukumati huzuridagi Rossiya davlat tarixiy-madaniy markazining harbiy-vatanparvarlik tarbiyasi boʻlimi boshligʻi hamda 1999-yil avgustdan Moskva taʼlim boshqarmasi Harbiy-vatanparvarlik va fuqarolik taʼlimi markazi direktori lavozimlarida ishlagan.

Rasim Akchurin ijtimoiy ishlarda faol ishtirok etagan. U 1999-yildan Moskva viloyati tatar milliy-madaniy avtonomiyasi kengashi raisi, 2014-yildan esa faxriy rais boʻlgan. Shuningdek, Moskva shahar faxriylar kengashining birinchi oʻrinbosari boʻlgan.

Mukofotlari




Adabiyotlar




Manbalar




uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz