Rashmi Gautam




Rashmi Gautam  — hind aktrisasi va teleboshlovchisi, telugu tilidagi filmlar va televidinyalarda suratga tushadi. U Telugu televidinyasi Extra Jabardasth komediya shousini olib boradi va realiti-raqs shousida kontseptual guruh rahbari hisoblanadi.

Avvalgi hayoti va faoliyati



Gautam Andxra-Pradesh shtatining Visakxapatnam shahridagi brahmanlar oilasida tavallud topgan. Odia tilida soʻzlashuvchi onasi va Uttar -Pradeshlik orada bor.

Telugu 2010-yil filmi Prasthanamda ikkinchi darajali rolda paydo boʻlganidan soʻng, Gautamni realiti-raqs shousida aktrisa Sangita koʻrib qoladi va u uni Mugilga havola qildi, keyinchalik u takliflar soʻng, 2011-yilda Tamil Film Kandaen filmida Narmada rolini oʻynashga imzo chekadi. U shuningdek, Kannadaning Guru filmida rol oʻynagan.

Rashmi Gautam „Prasthanam“ nomli filmda (2010-yil), „Guru“ nomli film (2012-yil) va „Bholaa Shankar“ nomli (2022-yilda) kabi filmlardagi ijro etgan rollari bilan tanilgan.

Teleboshlovchi Gautam maʼlum qilishicha, avtomobil yoʻlni kesib oʻtmoqchi boʻlgan erkakni urib yuborgan. Agnampudi avtomagistrali yakshanbaga oʻtar kechasi (17-mart kuni) Visakxapatnam yaqinida boʻlgan. Xabar qilinishicha, Sayid Abdulning yuk mashinasi haydovchisi ekani aniqlangan erkak darhol Angnampudi davlat kasalxonasiga olib ketilgan va keyin Visakxapatnamdagi xususiy shifoxonaga oʻtkazilgan. Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, kichik tirnalgan holatda boʻlgan, u inson esa omon qolgan. Voqea sodir boʻlgan paytda Rashmi prodyuserlik markazi tomonidan taqdim etilgan avtomobilda veb-serialni suratga olishni tugatgandan soʻng Gajuvakdagi (Vishaxapatnam) qarorgohiga qaytayotgan boʻlgan. Mazkur holat yuzasidan Duvvada militsiya boʻlimida jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, politsiya avtomashina haydovchisi Rashmi M.A.ni qoʻlga oldi. Gautama shunday degan: „Hodisa sodir boʻlganida men uyga atigi 15-20 daqiqa qolgandim. Yoʻlning oʻsha qismida yorugʻlik yoʻq edi va bu odam yoʻl boʻylab yugurib ketayotgan edi, afsuski, biz uni urib yubordik“, deb eslaydi Rashmi voqea haqida TimesofIndia.com saytiga bergan intervyusida shunday izoh bergan edi.

Filmografiyasi



Filmlari




Television rollari




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz