Rashid Rahimov




 

 

Rashid Mamatkulovich Rahimov (ruscha: Рашид Маматкулович Рахи́мов, tojikcha: Рашид Маматқулович Раҳимов; 1965-yil 18-martda tugʻilgan) — tojikistonlik va rossiyalik professional futbol murabbiyi va sobiq futbolchi. U Qozonning „Rubin“ klubini boshqaradi.

Futbolchilik faoliyati



Klub



Rahimovning futbolchilik faoliyatining koʻp qismi „Pomir Dushanbe“ bilan bogʻliq boʻlib, u 1980-yildan 1991-yilgacha soʻnggi uch mavsumni SSSR Oliy Ligasida oʻynagan. Shundan soʻng u „Spartak“, „Real Valyadolid“, „Lokomotiv“ kabi klublarda oʻynadi. Futbolchilik faoliyatining keyingi qismida u Avstriyaga koʻchib oʻtdi va FK Austria Wien, Admira Wacker va SV Ried klublarida oʻynadi va u erda muxlislar orasida juda mashhur edi.

Xalqaro



Rahimov 1994-1995-yillar davomida Rossiya terma jamoasi safida 4 ta oʻyin oʻtkazgan. Rahimov 1992 va 1996-yillarda oʻzi tugʻilib oʻsgan mamlakati Tojikiston milliy futbol jamoasida oʻynagan.

Murabbiylik faoliyati



U oʻynashni tugatgandan soʻng, u 2002-yilda Admira Vakkerga menejer sifatida taklif qilindi. U klubni quyi ligaga tushib qolishdan qutqardi, ammo 2004-yilda uni tark etdi.

2006-yilda u Permning „Amkar“ klubiga taklif qilindi. Taʼsirli oʻyinlardan soʻng, „Amkar“ Premer-ligada qoldi va Rahimov 2007-yil boshida klub bilan 2 yillik shartnoma imzoladi.

2007-yil 6 dekabrda u Moskvaning „Lokomotiv“ klubi bilan 3 yillik shartnoma imzoladi va 2009-yil 28-aprel oyida ishdan boʻshatildi. Oʻn toʻqqiz oydan keyin u „Amkar Permg“ jamoasiga qaytib keldi.

2011-yil 28-sentabr kuni „Amkar Perm“ prezidenti Gennadiy Shilov klubning natijalarining yomonligi sababli Rahimovning isteʼfosini qabul qilganini tasdiqladi.

2018-yil 5-sentabrda u yana Axmat Grozniy klubi bosh murabbiyi etib tayinlandi (bu jamoan avvalgi Grozniynining „Terek“ jamoasi davomchisi hisoblanadi). U 2019-yil 30-sentyabrda jamoa Rossiya Premyer-ligasida 15-oʻrinni egallab turganligi sababli Axmat klubidan isteʼfoga chiqdi. 2016/2017-yilgi mavsumda u Axmat klubini 5-oʻringa olib chiqdi, bu hali ham klub tarixidagi eng yuqori rekord hisoblanadi.

2020-yil 11-oktabr kuni Rahimov „Ufa“ klubi bosh murabbiyi etib tayinlandi. U 2021-yil 3-aprelda Moskvaning „Dinamo“ klubiga 0:4 hisobida magʻlub boʻlganidan soʻng „Ufa“ jamoasidan isteʼfoga chiqdi. Klub Rahimov istefosidan soʻng ham hamon u bosh murabbiy boʻlgan vaqtidagi 15-oʻrinni egallab turgan edi.

2023-yilning 12-aprelida Rahimov Qozonning „Rubin“ klubi bosh murabbiyi sifatida shartnoma imzoladi.

Yutuqlar



Spartak Moskva

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz