Rashid Qurbonov
Rashid Magomedovich Qurbonov (1987-yil 16-fevral, Maxachqala, Dogʻiston ASSR, RSFSR, SSSR) — rossiyalik va oʻzbek erkin kurashchisi, Osiyo chempioni, jahon chempionati sovrindori.
Tarjimai holi
1987-yilda Maxachqala shahrida tugʻilgan. 2010-yil yanvar oyida Rossiyani Gran-prida himoya qilgan. Shundan soʻng, Oʻzbekistonfuqaroligini olgan va oʻsha yilning noyabr oyida Osiyo oʻyinlarida ishtirok etgan. 2011-yili Osiyo chempionatida gʻolib chiqqan. 2013-yilda Osiyo chempionatining oltin medali va jahon chempionatining bronza medali sohibi boʻlgan.
2013-yilda Buzay Ibragimova nomidagi Maxachkala olimpiya zaxiralari bolalar va oʻsmirlar maktabi direktori boʻlgan.
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org