Rashid Nabiyev




Rashid Nabiyevich Nabiyev (1912, Samarqand — 1985.10.6, Toshkent) — tarixchi olim, Oʻzbekistan Fanlar akademiyasi muxbir aʼzosi (1952), tarix fanlari doktori (1967).

Samarqand ped. texnikumi (1927—30) va Fargʻona ped. instituti (1930—33) da oʻqigan. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Tarix va arxeologiya instituti direktori (1947—52), boʻlim mudiri (1956—62), Fanlar akademiyasi Ijtimoiy fanlar boʻlimi mudiri (1952—56). 1962-yildan Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutida katta ilmiy xodim. Ilmiy faoliyati Oʻrta Osiyoning oʻrta asrlar tarixini oʻrganishga bagʻishlangan. Oʻzbekiston tarixiga oid bir qancha oʻquv qoʻllanmalar, darsliklar muallifi.

Manbalar






uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz