Rashid Hamroyev




Rashid Hamidovich Hamroyev (1937.27.8, Buxoro - 1985.5.9, Toshkent) — kompozitor, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1984). Toshkent konservatoriyasini tugatgan (1961). Toshkent teatr va rassomlik sanʼ-ati institutida kafedra mudiri (1961—76), Toshkent madaniyat instituti dotsenti (1974-yildan). Yirik musiqiy-sahnaviy va simfonik musiqa janrlarida ijod qilib, "Zulmatdan ziyo" (1965), "Tong oldidan" (1972), "Shayx Sanʼon" (1980) operalari, 4 simfoniya (1965-85), fortepiano (1961), skripka (1973) va orkestr uchun kon-sertlar, "Abu Ali ibn Sino" vokal-simfonik poemasi, shuningdek, torli kvartet, turli kamer musiqa asarlari, musiqali dramalar kabi milliy ohanglar bilan sugʻorilgan, dramatik va lirik jozibador asarlar muallifi. Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1966).

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz