Rashid Ashuraliyev




Rashid Salohutdinovich Ashuraliyev  — sovet iqtisodchisi, davlat va siyosat arbobi.

Biografiyasi



Ashuraliyev Rashid Salohutdinovich 1931-yilda tugʻilgan. KPSS (Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi) aʼzosi hisoblangan.

Rashid Salohutdinovich 1950-yildan boshlab mamlakatdagi siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda faoliyat olib borgan. Jumladan, 1950-1987-yillarda — Andijon viloyati Moskva tumani kolxozlarida bosh hisobchi oʻrinbosari, bosh hisobchi, hududiy boshqarma bosh hisobchisi, tuman qishloq xoʻjaligi tashkiliy kolxoz boʻlimi boshligʻi, Tashkiliy kolxoz ishlari boʻyicha bosh boshqarma boshligʻi vazifalarida mehnat qilgan. Shuningdek, Ashuraliyev Oʻzbekiston SSR qishloq xoʻjaligi vazirining oʻrinbosari, Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti qishloq xoʻjaligi boʻlimi mudiri oʻrinbosari, Oʻzbekiston SSRning Taʼminot vaziri, Oʻzbekiston SSR Vazirlar Soveti Raisining birinchi oʻrinbosari, Oʻzbekiston Kompartiyasi Samarqand viloyat qoʻmitasi birinchi kotibi lavozimlarida ham ishlagan.

Ashuraliyev Rashid SSSR Oliy Kengashining 11-chaqiriq, Oʻzbekiston SSR Oliy Kengashining 9-va 10-chaqiriqlari deputati etib saylangan. KPSS (Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi)ning  XXVII s’ezdi delegati ham hisoblangan.

Rashid Ashuraliyev Oʻzbekistonda istiqomat qiladi.

Havolalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz