Rashid al-Din Vatvat




Rashid al-Din Vatvat (toʻliq ismi: Rashid al-Din Muhammad ibn Muhammad ibn Abd Jalil al-Umariy; forscha: رشیدالدین محمد بن محمد بن عبد جلیل العمری) uning nomi xalq orasida وطواط bilan mashhur. Xorazmda kotib, shoir, filolog boʻlgan. Arab va fors tillarida sermahsul ijod qilgan boʻlishidan tashqari, u xorazmshohlardan Otsiz (1127–1156) va Il-Arslon (1156–1172) davrida bosh kotib, josus va boshqa koʻplab lavozimlarda ham ishlagan.

Vatvat umrining koʻp qismini Xorazm poytaxti Gurganjda oʻtkazgan boʻlsa-da, oʻzi asli Balx yoki buxorolik edi. U ,asosan, panegirik qasidalar yaratgan. Uning ritorik asari „Hadā’iq as-sihr fi daqoʻiq al-shi’r“ („Sheʼriyat goʻzalliklarining sehrli bogʻlari“) nasriy asaridir.

Biografiyasi



Vatvat 1088-yilda Balx yoki Buxoroda, ikkinchi xalifa Umar (r.a 634–644) naslidan kelib chiqqan sunniy fors oilasida tugʻilgan. Vatvat Balxdagi „Nizomiyya“ madrasasida tahsil olgan va u yerda arab filologiyasi anʼanalarini yaxshi oʻrgangan. U yerda hunari boʻyicha kotib boʻlib, soʻngra Xorazmga koʻchib oʻtadi va umrining oxirigacha hukmron xorazmshohlar xizmatida qoladi. U yerda Vatvat saroy shoiri sifatida qolgan amaldorlardan ajralib turgan va natijada Xorazmshoh Otsiz (1127—1156) tomonidan sohib devon al-insho (bosh kotib) lavozimiga tayinlangan. Shuningdek, Il-Arslon (1156–1172) ijodkorni hukmronlik davrida ham mukofotlab borgan. Ikki xorazmshoh davrida Vatvat josus vazifasini ham bajargan va ikki davlat orasida Saljuqiylar saltanati tugash arafasida, Xorazmshohlar hukmronlik qilishi haqidagi mish-mishlarni tarqatgan. Vatvatning Otsizga sodiqligi ikkinchi josuslik qiladigan saljuqiylar hukmdori Ahmad Sanjarning (1118-1157) unga nisbatan katta dushmanlik qilishiga olib keldi. U Vatvatni 30 boʻlakka boʻlishga qaror qilgan, biroq uning bosh kotibi Muntajabiddin Juvayniy uni bu qarordan qaytargan. Vatvat 1182/3 yili Xorazmda 97 yoshida vafot etgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz