Ras-Dashen togʻi
Ras-Dashen ( amh. ራስ ደጀን) — Efiopiya va butun Efiopiya togʻ tizimidagi eng baland togʻ, Efiopiya togʻlarining shimolida, Gondar shahri yaqinida joylashgan. Balandligi — 4533 m. Simen milliy bogʻining bir qismidir.
Balandligi
Koʻpgina xaritalarda, shu jumladan SSSR Geodeziya va kartografiya bosh boshqarmasining xaritalarida togʻning balandligi 4620 metrni tashkil qiladi. 2005-yilda balandlik zamonaviy oʻlchov asboblari yordamida oʻlchanib: 4533 m deb oʻrnatilgan (Efiopiya xaritalash boshqarmasi nashri, 2005).
Birinchi koʻtarilish
Togʻ choʻqqisiga birinchi boʻlib chiqgan yevropaliklar fransuz ofitserlari Ferret va Galinyerlar boʻlgan (1841-yil). Mahalliy aholi tomonidan ilgari koʻtarilish haqida hech qanday dalil yoʻq. Choqqing iqlimi va sharoitlari odam uchun qulay deb aytiladi.
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org