Ras al-Xayma xalqaro aeroporti
Ras al-Xayma xalqaro aeroporti (IATA:
RKT , ICAO:
OMRK ) (arabcha: مطار رأس الخيمة الدولي) – Birlashgan Arab Amirliklarining Ras al-Xayma amirligidagi xalqaro aeroport. Aeroport Fors koʻrfazi qirgʻogʻida, Ras al-Xayma shahridan 11 nautical mile (20 km; 13 mi) janubda joylashgan. Aeroportda ikkita yoʻlovchi terminali binosi, shuningdek, yuk tashish, samolyotlarga texnik xizmat koʻrsatish va aviatsiya oʻquv jihozlari mavjud.
Tarixi
1976-yilda aeroport uzoq yillik hukmdor Shayx Saqr bin Muhammad al Qosimiy tomonidan ochilgan. Dubay xalqaro aeroportidan farqli oʻlaroq, Ras al-Xayma aeroporti xalqaro yoki mintaqaviy aviatsiya markaziga aylanmadi.
2007-yilda Ras al-Xayma aeroportida habi boʻlgan RAK Airways milliy aviakompaniya sifatida oʻz faoliyatini boshladi. 2008-yilda global iqtisodiy inqiroz tufayli aviakompaniya muntazam faoliyatini toʻxtatdi. U 2010-yilda yangi brending va boshqaruv bilan qayta ishga tushirildi, lekin 2013-yilda faoliyatini butunlay toʻxtatdi.
2014-yilda RAK Airways faoliyatini toʻxtatgandan soʻng Air Arabia turli yoʻnalishlarga, xususan Pokiston, Misr, Saudiya Arabistoni va Bangladeshga tijorat reyslarini boshladi. Ras-al-Xayma keyinchalik uzaytirish imkoniyati bilan oʻn yil muddatga Air Arabia aviakompaniyasining markazi sifatida belgilandi.
Ras al-Xayma Fors koʻrfazining arab davlatlari orasida sifat menejmenti boʻyicha ISO 9001: 2000 akkreditatsiyasini olgan ikkinchi aeroport boʻldi. Ayni paytda Ras al-Xayma xalqaro aeroporti yuk tashish, xususan, Ras al-Xayma erkin savdo zonasi tarkibidagi korxonalarni jalb qilish boʻyicha saʼy-harakatlarga eʼtibor qaratilmoqda.
Aviakompaniyalar va yoʻnalishlar
Quyidagi aviakompaniyalar Ras al-Xayma aeroportidan muntazam va charter reyslarini amalga oshirib kemoqda:
Yoʻlovchi tashish
Yuk tashish
Baxtsiz hodisalar va falokatlar
Ommaviy madaniyatda eslanishi
2015-yilda Akshay Kumar bosh rolni oʻynagan "Airlift" hind filmi Ras al-Xayma aeroportidan suratga olingan.
Manbalar
Iqtiboslar
Bibliografiya
Havolalar
uz.wikipedia.org