Rarotonga shartnomasi
Rarotonga shartnomasi — Janubiy Tinch okeani yadrosiz zonasi toʻgʻrisidagi shartnomaning umumiy nomi boʻlib, unga koʻra har bir tomon " hech qanday shaklda hech qanday yadroviy portlovchi qurilmani ishlab chiqarmaslik yoki sotib olmaslik, Tinch okeanining janubiy qismidagi yadrosiz zona ichida yoki undan tashqarida hech qanday shaklda hech qanday yadroviy portlovchi qurilmaga egalik qilmslik yoki nazorat qilmaslik."" majburiyatini oladi.
Shartnoma Kuk orollarining poytaxti joylashgan Rarotonga orolida 1985-yil 6-avgustda quyidagi Janubiy Tinch okeani shtatlari tomonidan imzolangan: Avstraliya, Vanuatu, Gʻarbiy Samoa (hozirgi Samoa), Kiribati, Nauru, Niue, Yangi Zelandiya, Kuk orollari, Papua — Yangi Gvineya, Solomon orollari, Tonga, Tuvalu va Fiji. 1991-yil dekabrda ular ham shartnomani ratifikatsiya qilishdi.
Shartnoma 3 ta bayonnomadan iborat:
1996-yil 25-martda Fiji poytaxti Suvada AQSh, Fransiya va Buyuk Britaniya shartnomani imzoladilar. Biroq, u ancha keyinroq ratifikatsiya qilingan (masalan, 1996-yil 10-sentabrda Fransiya va 1997-yil 19-sentabrda Buyuk Britaniya) va Qʻshma Shtatlar hali buni amalga oshirmagan. Xitoy 1987-yilda 2 va 3 protokollarini imzoladi va ratifikatsiya qildi.
SSSR 1986-yil 15-dekabrda 2 va 3 protokollarini imzoladi va 1988-yil 21-aprelda ratifikatsiya qilindi.
Qoʻllash doirasi
Havolalar
uz.wikipedia.org