Raquel Cassidy




Raquel Cassidy  — britaniyalik aktrisa. U Downton Abbey (2013-2015) teleserialida Phyllis Baxter rolini o‘ynagan va drama seriallardagi ansambldagi ajoyib ijrosi uchun Screen Actors Guild Award mukofotiga sazovor bo‘lgan. Aktrisa xuddi shu nomdagi 2019-yilgi badiiy film va uning 2022-yilgi davomi uchun Downton Abbeydagi rolini takrorlaydi.

U boshqa teleseriallarda, jumladan, Teachers, Party Animals, Moving Wallpaper, Lead Balloon, The Worst Witch hamda The Good Karma Hospitalda bosh rollarni oʻynagan.

Yoshligi va taʼlimi



Ispaniyalik ona va angliyalik boʻlgan otasining oilasida tugʻilgan Raquel er-xotinning uchinchi va yagona qiz farzandi boʻlgan. Boʻlajak aktrisa Fleet shahri (Hamshire)da tugʻilib oʻsgan. U Farnborough Hill monastirida va keyinchalik, Girton College (Cambridge)da zamonaviy tillar boʻyicha tahsil olgan. U keyinroq biologik antropologiya fanlari nomzodi ilmiy darajasini oladi, lekin aktrisalik karyerasini davom ettirish uchun ushbu faoliyatini toʻxtatadi.

Faoliyati



Dastlabki roli uchun Cassidy, asosan, ispan tilida gapirgan The Bill kartinasining epizodida Lola Chaves rolini oʻynagan. 2001-yilda u Teachers filmida Susan Gately rolini oʻynaydi va 2002-yilda ikkinchi mavsum uchun ham qaytadi. U, shuningdek, Party Animals filmida Ichki ishlar vazirligining kichik vaziri Jo Porter obrazini, The Worst Week of My Life filmida Cassie Turnerni, Moving Wallpaper filmida Nancy Weeks va Lead Balloon karinasida Mel rollarini gavdalantirgan.

2013-yilda Cassidy Downton Abbey aktyorlari tarkibiga qoʻshildi va shouning soʻnggi uchta seriyasida reabilitatsiya qilingan oʻgʻri va xizmatchi ayol Phyllis Baxter rolini oʻynadi. 2015-yilda drama serialdagi ajoyib ijrosi uchun Screen Actors Guild Award mukofotiga sazovor boʻlgan. U 2019-yilda Downton Abbey deb nomlangan badiiy filmi va uning 2022-yilgi davomida rolini takrorlaydi.

Filmografiyasi



Filmlarda




Televizion rollari




Radioda




Teatr sahnalarida




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz