Raqamli Iqtisodiyot




Raqamli iqtisodiyot



Raqamli iqtisodiyot — raqamli texnologiyalarga asoslangan elektron biznes
va elektron tijorat bilan chambarchas bog‘liq iqtisodiy faoliyat hamda shu faoliyat
natijasida ishlab chiqariladigan va sotiladigan raqamli tovarlar, xizmatlar
yig‘indisidir. Baʼzida u internet iqtisodiyoti, yangi iqtisodiyot yoki veb-iqtisodiyot
degan terminlar bilan ham ifodalanadi.

Oʻzbekistonda raqamli iqtisodiyot



Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasiga qilgan Murojaatnomasida „2020 yil — Ilm- maʼrifat va raqamli iqtisodiyot yili“ deb eʼlon qilindi. Shundan keyin fuqarolarda „raqamli iqtisodiyot“ atamasi haqida ko‘plab savollar tug‘ila boshladi. Huquqiy axborot kanali „raqamli iqtisodiyot“ atamasining mazmunini ochib beruvchi maqola eʼlon qildi.

Mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoev taʼkidlaganidek, „Taraqqiyotga
erishish uchun raqamli bilimlar va zamonaviy axborot texnologiyalarini
egallashimiz zarur va shart. Bu bizga yuksalishning eng qisqa yo‘lidan borish
imkoniyatini beradi“
Raqamli iqtisodiyot — bu iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy aloqalarni raqamli texnologiyalarni qo‘llash asosida amalga oshirish tizimidir. Baʼzida u internet iqtisodiyoti, yangi iqtisodiyot yoki veb-iqtisodiyot degan terminlar bilan ham ifodalanadi.
1995 yilda amerikalik dasturchi Nikolas Negroponte „raqamli iqtisodiyot“ terminini amaliyotga kiritdi. Hozirda bu istilohni butun dunyodagi siyosatchilar, iqtisodchilar, jurnalistlar, tadbirkorlar — deyarli barcha qo‘llamoqda. 2016 yilda Butunjahon banki dunyodagi raqamli iqtisodiyotning ahvoli haqida ilk marta maʼruza eʼlon qildi („Raqamli dividendlar“).

Raqamli iqtisodiyotning oddiy iqtisodiyotdan farqi nimada?



Masalan, xaridorga poyafzal kerak. Uni bozorga tushib o‘zi bevosita tanlasa va naqd pulga sotib olsa, bu anʼanaviy iqtisod. Telegramdagi biron savdo boti orqali o‘ziga maʼqul tovarni tanlab, tovar egasiga pulni elektron to‘lov tizimi orqali to‘lash va tovarni yetkazib berish xizmati orqali olish — raqamli iqtisodiyot deyiladi. Bu masalani eng sodda maishiy misol orqali tushuntirishdir. Aslida, hammamiz allaqachon raqamli iqtisodiyot ichidamiz, uning qulayliklaridan foydalanamiz. Masalan, oyliklarimiz plastik kartalarga tushadi, elektron to‘lov orqali kommunal xizmatlar, telefon, internet va boshqa mahsulot va xizmatlarga to‘lov qilamiz, elektron tarzda soliq deklarasiyasi topshiramiz, kartadan kartaga pul uzatamiz, uyga taom buyurtma qilamiz va hokazo.
Raqamli iqtisodiyot — bu noldan boshlab yaratilishi lozim bo‘lgan qandaydir boshqacha iqtisodiyot emas. Bu yangi texnologiyalar, platformalar va biznes modellari yaratish va ularni kundalik hayotga joriy etish orqali mavjud iqtisodiyotni yangicha tizimga ko‘chirish deganidir.

Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish bizga nima beradi?



Raqamli iqtisodiyot insonlarning turmush darajasini sezilarli darajada oshiradi, bu uning asosiy foydasidir.
Raqamli iqtisodiyot korrupsiya va „qora iqtisodiyot“ning asosiy kushandasidir. Chunki, raqamlar hamma narsani muhrlaydi, xotirada saqlaydi, kerak paytda maʼlumotlarni tez taqdim etadi. Bunday sharoitda biron maʼlumotni yashirish, yashirin bitimlar tuzish, u yoki bu faoliyat haqida to‘liq axborot bermaslikning iloji yo‘q, kompyuter hammasini namoyon qilib qo‘yadi. Maʼlumotlar ko‘pligi va tizimliligi yolg‘on va qing‘ir ishlarga yo‘l bermaydi, chunki tizimni aldash imkonsiz.

O‘zbekistonda raqamli iqtisodiyot qay darajada rivojlangan?
Taʼkidlash joizki, bugungi kunda foydalanuvchilar oziq-ovqat mahsulotlariga buyurtma berish uchun Telegram botlaridan faol foydalanmoqdalar. Shuningdek, turli internet do‘konlar, elektron to‘lov tizimlari ham faol rivojlanib bormoqda. Demak, fuqarolarimiz elektron bitimlarni amalga oshirishga ishonyaptilar. Faqat hozirgi kungacha foydalanuvchilar katta xarajatlar talab qilmaydigan kichik bitimlarni amalga oshirmoqdalar, o‘rtacha xarid hajmini oshirishga esa unchalik tayyor emaslar. Endigi masala o‘rtacha va yirik iqtisodiy bitimlar va moliyaviy operasiyalarni raqamli texnologiyalar orqali amalga oshirishni rivojlantirishdan iborat.

Raqamli iqtisodiyotni kim rivojlantiradi?



Mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoev taʼkidlaganidek, „Taraqqiyotga erishish uchun raqamli bilimlar va zamonaviy axborot texnologiyalarini egallashimiz zarur va shart. Bu bizga yuksalishning eng qisqa yo‘lidan borish imkoniyatini beradi“.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi raqamli iqtisodiyotni joriy etish va rivojlantirish sohasida vakolatli organ hisoblanadi. Bundan tashqari Iqtisodiyot, Moliya, Axborot texnologiyalari, Adliya vazirliklari va boshqa qator davlat tuzilmalari raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish uchun o‘ziga xos mas’uliyat va vazifalarga ega. Bu haqida kuni kecha Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasiga qilgan Murojaatnomasida ham alohida taʼkidlab o‘tildi.

Manbalar




Havolalar



• Raqamli iqtisodiyot nima?

• Raqamli iqtisodiyot bizga nima beradi?

uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz