Raqamli gigiyena




Raqamli gigiyena atamasi



Raqamli gigiyena - bu atamani ilk bor doktor Eduardo Gilbshteyn 2006 -yilda chop etilgan „Yaxshi raqamli gigiyena“ kitobida ishlatgan. Raqamli gigiyena elektron axborot harakatlaringizni tozalash va ularni muntazam yangilab turish amaliyoti uchun ishlatiladigan iboradir. Bu jarayon parollarni qanday tanlashni bilish, noutbukda fayllarni tartibga solish va elektron pochta va ijtimoiy media akkountlar sozlamalarini o‘zgartirishni oʻz ichiga oladi, bularning barchasi xavfsizlikni kuchaytirishga qaratilgan saʼy-harakatlarning bir qismidir.

Yaxshi raqamli gigiyena



Yaxshi raqamli gigiyenaga amal qilish quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

Raqamli gigiyenaning afzalliklari



Yaxshi raqamli gigiyena qurilmalarning uzluksiz ishlashini taʼminlaydi va ulardan samaraliroq foydalanish imkonini beradi. Eng muhimi, u foydalanuvchini doimiy ravishda oʻsib borayotgan onlayn tahdidlardan himoya qiladi. Notoʻgʻri raqamli gigiyena odamlarning foydalanuvchilarga firibgarlik, zararli dastur hujumlari va boshqa onlayn jinoyatlar bilan hujum qilishini osonlashtiradi. Raqamli gigiyena ikki toifadagi imtiyozlarni o'z ichiga oladi: texnik xizmat ko'rsatish va xavfsizlik . Bu ikki toifa bir-biriga bevosita bog'liq. Masalan, dasturiy ta'minotni yangilab turish qurilma egasini bezovta qilgan yoki ishini qiyinlashtirgan xatolarni olib tashlaydi. Shuningdek, u qurilma tizimiga qilingan tahdidlarini tuzatadi. [2]

Havolalar



https://www.arcstone.com/blog/digital-hygiene

uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz