Raphinha
Rafael Diaz Belloli (portugalcha: Raphael Dias Belloli, koʻproq
Rafinha portugalcha: Raphinha) — braziliyalik futbolchi, Ispaniyaning „Barselona“ klubi va Braziliya terma jamoasi qanot yarimhimoyachisi.
Jamoalardagi faoliyati
„Vitória de Guimarães“
Rafinya „Avai“ klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2016-yil boshida u Portugaliyaning „Vitória de Guimarães“ klubiga oʻtdi. 7-fevral kuni u Segunda Liga (Portugaliya Ikkinchi ligasi)da „Ollanense“ga qarshi debyut qildi. 13-mart kuni „Paços de Ferreira“ga qarshi oʻyinda u Liga ZON Sagres (Portugaliya Primeyra-Ligasining 2008/2009 — 2013/2014 mavsum oraligʻidagi nomi)da debyut qildi. 20-avgust kuni Rafinya „Vitória de Guimarães“ safida „Marítimo“ga qarshi oʻyinda oʻzining birinchi golini urdi. 2018-yilda u 15 ta gol urib, jamoaning eng yaxshi toʻpurariga aylandi.
„Sporting“ Lissabon
Oʻsha yilning yozida Rafinya Lissabonning „Sporting“ jamoasiga koʻchib oʻtdi. Transfer summasi 6,5 million yevroni tashkil qildi. 12-avgust kuni „Moreirense“ga qarshi oʻyinda u yangi klubi safida debyut qildi. Sentyabr oyida Yevropa ligasi doirasida Ozarbayjonning „Qorabog“iga qarshi oʻyinda Rafinya „Sporting“ safidagi ilk golini urdi. Mavsum yakuniga koʻra u klubga Portugaliya kubogini yutishda yordam berdi.
„Rennais“
2019-yilning yozida Rafinya Fransiyaning „Rennais“ klubiga oʻtdi. Transfer 21 million yevroni tashkil etdi va bu klub uchun rekord summa edi. 14-sentyabr kuni „Brestois“ga qarshi oʻyinda u Liga 1 da debyut qildi. 10-noyabr kuni „Amiens“ga qarshi bahsda hujumchi „Rennais“ safidagi ilk golini urdi.
„Lids Yunayted“
2020-yilda Rafinya Angliyaning „Lids Yunayted“ jamoasi bilan 4 yillik shartnoma imzoladi. Transfer summasi 20 million yevroni tashkil qildi. 19-oktyabr kuni „Vulverxempton“ga qarshi oʻyinda u Angliya Premer-ligasida debyut qildi. 28-noyabr kuni „Everton“ga qarshi bahsda hujumchi „Lids Yunayted“ safidagi ilk golini urdi.
„Barselona“
2022-yil 15-iyulda u 50 million funt evaziga Ispaniyaning „Barselona“ klubiga oʻtdi, yana 5 million funt bonuslar koʻrinishida taqdim etildi. 2022-yilning 19-iyulida u kataloniyaliklar safida „Inter Mayami“ga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida debyut qildi, 1 ta gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.
Terma jamoadagi karyerasi
2021-yil 8-oktabr kuni JCh-2022 saralashida Venesuelaga qarshi oʻyinda Rafinya Braziliya terma jamoasi safida debyut qildi. 15-oktabr kuni Urugvay terma jamoasiga qarshi saralash bahsida u „dubl“ga erishdi va terma jamoadagi ilk gollarini urdi.
Braziliya terma jamoasi uchun gollari
Yutuqlar
Jamoaviy
„
Sporting“ Lissabon Portugaliya kubogi gʻolibi: 2018/19
Manbalar
uz.wikipedia.org