Rapanalar




Rapanalar (Rapana) — dengiz qorinoyoqli mollyuskalari urugʻi. Spiral chigʻanogʻi 19 sm gacha, keng oval shaklda, kulrang qoʻngʻir tusda. Chigʻanogʻi ogʻzi keng, koʻpincha ochiq sariq, qizil yoki baʼzan oqrangda. 3 turi maʼlum. Ilgari R. faqat Yapon, Sharqiy Xitoy va Sariq dengizlarida yashagan. 20-asr oʻrtalarida R.Yapon dengizidan Qora dengizga kelib qolgan. Hozirgi Afrika dengizi sohillari boʻylab tarqalmoqda. Kapsula ichiga tuxum qoʻyadi. Yirtqich, 2 pallali mollyuskalar (ustritsa, midiya) bilan oziklanadi. R.ning zaharli suyukdik ishlab chiqaradigan bezlari bor. Goʻshti qisman yeyiladi, chigʻanogʻi zebiziynat buyumi. R. ovlanadigan mollyuskalar bilan oziklanib, katta ziyon keltiradi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz