Raʼno Qodirova




Raʼno Mamadjanovna Qodirova  — pedagogika fanlari nomzodi, professor. 1949-yilda tavallud topgan. 1965—1976˗yillarda 2-sonli bolalar bogʻchasiga yetakladi, u yerda olima oʻqituvchi boʻlib ishladi. Olima 1990 yilda „Katta maktabgacha yoshdagi bolalar va olti yoshli oʻquvchilarda rus tilida soʻzlashuv nutqini oʻrgatish jarayonida vatanparvarlik tuygʻularini shakllantirish“ mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. Keyinchalik Bogʻishamol tumanidagi maktabgacha taʼlim boʻlimi metodisti, Chilonzor tumani 112-sonli bolalar bogʻchasi psixologi, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Pedagogika va psixologiya fakulteti Maktabgacha taʼlim metodikasi kafedrasi mudiri, Yunusobod tumani 122-sonli maktab rus tili va adabiyoti oʻqituvchisi, 2021-yildan shu kunga qadar Toshkent davlat pedagogika universiteti „Umumiy pedagogika“ kafedrasi professori sifatida faoliyat yuritmoqda. Olib borgan tadqiqotlari natijasida „Katta yoshdagi maktabgacha yoshdagi bolalarni ona (rus) va ikkinchi (oʻzbek) tillariga oʻrgatishning lingvistik-didaktik asoslari“ mavzusida monografiya nashr ettirdi. 60 dan ortiq ilmiy-uslubiy va oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar (ilmiy maqolalar, namunaviy dasturlar, konsepsiyalar, uslubiy tavsiyalar, qoʻllanmalar va boshqalar) nashr ettirgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz