Raʼno Maʼrufova
Raʼno Maʼrufova — (1937-yil 3-iyun),Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutining ilmiy kutubxonachisi, kutubxonachilik faoliyatini tizimlashtirish borasida samarali ishlarni amalga oshirgan oʻz kasbining ustasi.
Biografiyasi
Raʼno Maʼrufova (Aliyeva) 1937-yil 3-iyunda Toshkentda ziyolilar oilasida tavallud topgan. Otasi Mirzarahim Aliyev oʻqituvchi, onasi Malohat Aliyeva Toshkentdagi Lektorlar uyi direktori lavozimida xizmat qilgan.
Raʼno Maʼrufova oʻqimishli va kitobga mehri toʻlib-toshgan ziyolilar oilasida ulgʻaydi. Bu albatta yosh Raʼnoning keyingi hayot yoʻlini belgilashga salmoqli taʼsir qildi.
Raʼno Maʼrufovaning ushbu muhitda tarbiya olgan barcha aka-singllari oliy maʼlumotli, ziyoli boʻlib yetishdilar. Katta farzand — Iroda Aliyeva Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan aktrisa, Roza Aliyeva OʻzRFA Geologiya institutida ilmiy xodim. Qobiljon Aliyev oʻqituvchilik kasbini tanladi.
Taʼlim
Mehnat faoliyati bilan birga 1962-1968-yillarda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika institutida sirtdan oʻqib, „Pedagogika va psixologiya oʻqituvchisi“ mutaxassisligini egallaydi.
1963-yildan Sharqshunoslik instituti kutubxonachisi vazifasida ish boshlaydi va hozirgacha shu maʼrifat dargohida mehnat faoliyatini davom ettirib kelmoqda.
Mehnat faoliyati
1957-yilda oʻrta maktabni tugallashi bilan Sharq yozma yodgorliklari jamlangan Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutining „Eron-Afgʻon boʻlimi“ga laborant boʻlib ishga kiradi.
Ilk ishlaridan biri sifatida 1870-1917-yillarda nashr etilgan „Turkestanskie vedomosti“ gazetasining mavzular boʻyicha qisqa kartotekasini, soʻngra Ibn Sino nashrlari uchun koʻrsatkichlar tuzishdan boshlaydi. R. Maʼrufova kutubxonachilik sohasida ulkan tajribasi ortidan kasbiy mahorat maktabini yaratgan maʼrifatparvar kutubxonachidir.
Adabiyotlarni tizimlashtirish
Manbalar
uz.wikipedia.org