Raʼno




Raʼno — kuzgi serxrsil nok navi. Shreder nomidagi Bogʻdorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy tadqiqot institutining Samarqand filialida Lesnaya krasavitsa va mahalliy Kulala nok navlarini chatishtirib yaratilgan (A. K. Pavlov). Mevasi rangining raʼno guliga uxshaganligi uchun shu nom berilgan. Daraxti oʻrtacha kuchli usadi, bal. 57 m, kengligi 4 m. Barglari mayda va oʻrtacha kattalikda. Aprelning 2oʻn kunligida gullaydi, oʻzidan changlanadi. Mevasi sentabrda pishadi. Mevasining oʻrtacha vazni 170 g. Poʻsti limonrangsariq, eti oq, tigʻiz, shirin, oʻrtacha nordon, xushtaʼm. Mevasi yangiligida yeyiladi, qoqi qilinadi. Tarkibida 13,9% (qoqisida 19— 20%) qand, 0,15% kislota bor. Nok payvandtagiga ulangani 5—6, behi payvandtagiga ulangani 3—4 hosilga kiradi. yili hosil beradi. 20—25 yillik daraxtining hosildorligi 250–300 kg. Mevalari novdalarda maxkam turadi. Togʻ yon bagʻirlarida, sugʻoriladigan joylarda yaxshi usadi. Sovuqqa, qurgʻoqchilikka va garmselga chidamli. 1982-yildan Toshkent viloyatining togʻli tumanlari va Namangan viloyati uchun rnlashtirilgan.

Manbalar






uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz