Rani Hamid




Rani Hamid (1944-yil 14-iyulda tugʻilgan) - bangladeshlik ayol shaxmatchi, 1985-yilda mamlakatning birinchi ayol xalqaro ustasi boʻlgan. U jami 20 marta mamlakat chempioni boʻlgan.

Rani Hamid 75 yoshida ayollar oʻrtasidagi 38-milliy chempionatda gʻoliblikni qoʻlga kiritgan amaldagi mamlakat chempioni. U 2019-yil sentabrda shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasidagi 20-chi milliy chempionat da ham birinchilikni qoʻlga kiritdi. rRni Hamid, shuningdek, shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasida oʻtkazilgan Britaniya chempionatining uch karra gʻolibi hamdir. U 2018-yilda mintaqa chempioni boʻldi, 2018-yilda Rossiyada boʻlib oʻtgan shaxmat boʻyicha Jahon kubogida Jurnalistlar tanlovida sovrinini va 2017-yilda Dehli shahrida boʻlib oʻtgan Hamdoʻstlik shaxmat turnirida oltin medalni qoʻlga kiritdi.

Hayoti




Rani Hamid 1944-yilda Silxetdagi Sayeda Jasimunnessa Xatun qishlogʻida tugʻilgan. U 34 yoshida shaxmat oʻynay boshlagan. Rani Hamid 1985-yilda FIDE ayol xalqaro ustasi (WIM) unvoniga sazovor boʻldi.

Rani Hamid 1979-yildan 1984-yilgacha ketma-ket olti yil davomida mamlakat chempionligini qoʻlga kiritdi hamda jami 19 ta unvonga egalik qildi. Rani Hamid bu natijasiga koʻra, Bangladesh ayollar chempionatida eng koʻp gʻolib boʻlganlik ayolshaxmatchi hisoblanadi. U 1983, 1985 va 1989-yillarda ayollar oʻrtasidagi Britaniya chempionatida ham gʻoliblikka erishgan.

Rani Hamid 1985-yilda mamlakatdagi birinchi FIDE ayol xalqaro shaxmat ustasiga aylangan. Bu vaqtga kelib, u 1979-yildagi oʻzining birinchi milliy chempionligini qoʻlga kiritgan edi. 1984-yildan boshlab Rani Hamid barcha Jahon shaxmat olimpiadalarida qatnashgan (umumiy jamoada hisobida 3 marta).

Rani Hamid 75 yoshida, 2019-yil sentabr oyida Bangladesh milliy ayollar chempionligini qoʻlga kiritdi.

Rani Hamid 2018-yilda mintaqa chempioni boʻlgan. Rani Hamid Rossiyada boʻlib oʻtgan JCh-2018da "Jurnalistlar tanlovi" mukofotiga loyiq koʻrildi. U Dehlida boʻlib oʻtgan Hamdoʻstlik shaxmat boʻyicha 2017-yilda oltin medalini qoʻlga kiritdi.

Shaxsiy hayoti



Hamid 1959-yildan 2008-yilgacha sport tashkilotchisi podpolkovnik M.A. Hamid bilan bir oila boʻlib hayot kechirgan (uning vafotiga qadar). Ularning oʻgʻli Kaiser Hamid Mohammedan Sporting klubining sobiq futbolchisi va 1980--1990-yillarda Bangladesh milliy futbol jamoasining sardori boʻlgan. Ranining keyingi oʻgʻli Sohel Hamid skvosh boʻyicha mamlakat chempioni edi. Ranining kenja oʻgʻli Shajahan Hamid Bobby (2022-yil vafot etgan) milliy gandbolchi va birinchi divizion futbol ligasi oʻyinchisi boʻlgan. Shuningdek, Rani Hamidning Jabin Hamid ismli qizi ham bor. 

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz