Rango (film, 2011)




Rango 2011-yilda ekranlarga chiqqan, Paramount Pictures tomonidan ishlab chiqarilgan va tarqatilgan komediya janridagi Amerika kompyuter-animatsion filmidir. Kartina Gore Verbinski tomonidan suratga olingan boʻlib, ssenariynavis — John Logandir. Film hamproduserlari Verbinski, Graham King va John B. Carls, filmdagi qahramonlarga ovoz berganlar Johnny Depp, Isla Fisher, Bill Nighy, Abigail Breslin, Alfred Molina, Harry Dean Stanton, Ray Winstone, Timothy Olyphant, Stephen Root va Ned Beattydir. Ushbu multfilm yangi sherifga muhtoj boʻlgan Dirty shaharchasiga tasodifan kelib qolib, sherifga aylangan Rango ismli xameleon haqida hikoya qiladi.

Rango multfilmi Oscarning „Eng yaxshi toʻliq hajmli animatsion film“ nominatsiyasiga loyiq topilgan.

Ovoz berganlar




Saundtrek



Film musiqasi Hans Zimmer tomomidan bastalangan boʻlib, qoʻshiqnavis va aktyor Rick Garcia, lotin rock guruhi Los Lobos va hardcore punk/industrial guruhi Lard ham ishtirok etishgan.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz