RANGKO’L
RANGKO’L — Pomirdagi ko’l. Tojikiston Respublikasi tog’li Badaxshon Muxtor viloyatida. Sharqiy Pomirda, 3782 metr balandlikda. Maydoni 7,8 kilometr kvadrat. Eng chuqur joyi 2,5 metr. Qirg’oqlari yassi, ayrim joylari botqoq. Suvi ba’zan chuchuk, ba’zan sho’rroq. Uzukdaryo orqali g’arbidagi Sho’rko’l bilan birlashib turadi. Sohillarida yaylovlar bor.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TEZ YUK MARKAZ
Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish
Guruhga kirish
Uzpedia.uz