Randi Griffin




Randi Heesoo Griffin (koreyscha: 랜디 희수 그리핀; 1988-yil 2-sentyabrda tugʻilgan) — xokkeychi, 2018-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlarida Birlashgan Koreya ayollar terma jamoasida oʻynagan va 14-fevralda oʻzining ilk golini urgan. 2018-yilda u BBCning 100 nafar ayol roʻyxatiga kiritilgan.

Faoliyati



Griffin Qoʻshma Shtatlarda Tom va Liz Griffin oilasida tugʻilgan. Uning onasi Liz koreys millatidan boʻlgan. Griffin Shimoliy Karolina shtatining Apex shahrida tugʻilgan.

1998-yilda Yaponiyaning Nagano shahrida boʻlib oʻtgan qishki Olimpiya oʻyinlarida ayollar xokkey debyutini tomosha qilgandan soʻng, Griffin Qishki Olimpiya oʻyinlarida qatnashishni orzu qildi. Ota-onasi unga Shimoliy Karolina shtatining Cary shahrida xokkey oʻynashga ruxsat berishga qaror qilishdi va unga birinchi xokkey jihozlarini sotib olishdi.

Oʻyin karyerasi



NCAA



U Garvard universitetida oʻqigan va universitetning xokkey boʻyicha ayollar jamoasida oʻynagan. U 2006-yildan 2010-yilgacha xokkey maktub egasi boʻlgan. Griffin Garvarddagi 125 oʻyinda 21 gol va 18 golga assistentlik qilgan. Garvardni tugatgandan soʻng, u 12 yoshdan 19 yoshgacha boʻlgan oʻgʻil va qizlarga hokkey boʻyicha yoshlar murabbiyi boʻldi. 2013-yilda u Duke universitetida evolyutsion antropologiya boʻyicha PhD darajasini olishni boshladi.

Koreya terma jamoasi



2014-yilda Koreya xokkey assotsiatsiyasi u bilan bogʻlangan. Assotsiatsiya 2018-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlarida Janubiy Koreyani himoya qilishi mumkin boʻlgan koreys merosiga ega xokkeychilarni qidirgan. 2015-yilda Janubiy Koreya terma jamoasi tarkibida Qozogʻistonga qarshi koʻrgazmali oʻyinlarda ishtirok etgan. Olimpiya turnirida Griffin butun turnirdagi ikkita goldan birinchisini urdi, Koreyaning yagona jamoasi guruh bosqichida Yaponiyaga 4:1 hisobida magʻlub boʻldi.

Professional



11-iyul kuni Griffin oʻzining birinchi professional shartnomasini imzoladi va NWHLning Connecticut Whale jamoasiga qoʻshilishga rozi boʻldi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz