Randal Kolo Muani




Randal Kolo Muani (talaffuzi: Randal Kolo Muani; 1998-yil 5-dekabrda tugʻilgan) — fransiyalik professional futbolchi. U Bundesliganing Eintracht Frankfurt klubi va Fransiya terma jamoasida hujumchi sifatida oʻynaydi.

Yoshligi



Randal Kolo Muani 1998-yil 5-dekabrda Seine-Saint-Denisning Bondy shahrida tug‘ilgan. U asli Kongodan.

Klubdagi faoliyati



Nantes



Kolo Muani 2015-yilda Nantesning yoshlar akademiyasiga oʻtishdan oldin Parij yaqinidagi turli klublarda oʻynagan. 2018-yilning 4-iyunida u dastlabki klubi Nantes bilan ilk professional shartnomasini imzoladi. Kolo Muani professional debyutini 2018-yil 30-noyabrda Liga 1da Saint-Etiennega qarshi o‘yinda (3:0) o‘tkazdi.

2019-yil avgust oyida Kolo Muani Boulognega mavsumiy ijara shartnomasi asosida qoʻshildi.

Eintracht Frankfurt



2022-yil 4-mart kuni Bundesliganing Eintracht Frankfurt klubi Nantesdagi shartnomasi muddati tugashidan oldin Kolo Muani bilan shartnoma imzoladi. U klub bilan 5 yillik shartnoma tuzishga rozi boʻlgan. 2022-yil 26-oktyabrda Kolo Muani Chempionlar ligasidagi ilk golini Marseillega qarshi o‘yinda (2:1) kiritdi. 1-noyabr kuni u Eintracht safida Sporting CP klubiga qarshi oʻyinda oʻynab, raqibi ustidan 2:1 hisobida gʻalaba qozongan golni urdi va klubini Chempionlar ligasi doirasida birinchi marta pley-off bosqichiga chiqishiga yordam berdi.

Xalqaro faoliyati



Kolo Muani Fransiya terma jamoasining yoshlar terma jamoasi aʼzosi boʻlgan. U avvalroq mamlakatining 21 yoshgacha boʻlganlar terma jamoasida oʻynagan.

2022-yil 15-sentyabr kuni Kolo Muani Fransiya terma jamoasi safida UEFA Millatlar ligasining ikkita o‘yinida oʻynash uchun ilk bor chaqiruv oldi. 2022-yilning 16-noyabrida Christopher Nkunku jarohati tufayli terma jamoani tark etishga majbur bo‘lganidan so‘ng, Kolo Muani Fransiya terma jamoasining Jahon chempionatida ishtirok etuvchi terma jamoasi tarkibida Nkunkuning o‘rniga maydonga tushdi.

Faoliyat statistikasi



Klub



2022-yil 13-noyabr holatiga ko‘ra[20]:

Xalqaro



2022-yil 30-noyabr holatiga ko‘ra[21]:

Yutuqlari



Nantes

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz