Ramziddin Saidov
Ramziddin Beshimovich Saidov (1982-yil 14-aprel, Buxoro viloyati, Oʻzbekiston) — oʻzbek dzyudochisi, 81 dan 100 kilogrammgacha vazn toifasida ishtirok etadi. XXVIII yozgi Olimpiya oʻyinlari va XXX yozgi Olimpiya oʻyinlari ishtirokchisi, dzyudo boʻyicha Osiyo chempioni, Osiyo oʻyinlari va Jahon harbiy oʻyinlari sovrindori. Xalqaro toifadagi hakam, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sportchi.
Sport faoliyati
Rustam Toʻraev qoʻl ostida dzyudo bilan mashgʻul boʻla boshladi.
2004-yilda Olma-Otada (Qozogʻiston) oʻtkazilgan dzyudo boʻyicha Osiyo chempionatida 81 kg vazn toifasida u finalda eronlik dzyudochi Rizo Chaxandagni magʻlub etib, oltin medalni qoʻlga kiritdi. Afinadagi (Gresiya) Yozgi Olimpiya oʻyinlarida 81 kg vazn toifasida 1/32 finalda belaruslik dzyudochi Sergey Shundikovga oʻyinni boy berdi.
2006-yilda Dohadagi (Qatar) Yozgi Osiyo oʻyinlarida 90 kilogrammgacha boʻlgan vazn toifasida 1/16 finalda koreyalik dzyudochi Xvan Xi Txega yutqazib, keyin oltin medalni qoʻlga kiritdi. Taskin beruvchi raundida avvaliga quvaytlik Yusuf Al-Enazi, soʻngra indoneziyalik dzyudochi Krisna Bayu, oʻyin niyaoyasida bronza medali uchun kechgan jangda eronlik Hossein Gomini magʻlub etdi. 2007-yilda Haydarobodda (Hindiston) boʻlib oʻtgan Jahon Harbiy oʻyinlarida kumush medalni olishga muvaffaq boʻldi.
2010-yilda Guanchjouda (Xitoy) boʻlib oʻtgan yozgi Osiyo oʻyinlarida 100 kg vazn toifasida turnirning bronza medalini qoʻlga kiritadi. 2011-yili Abu-Dabi (Birlashgan Amir Amirligi) shahrida oʻtkazilgan dzyudo boʻyicha Osiyo chempionatida 100 kilogrammgacha boʻlgan vazn toifasida finalda koreyalik dzyudochi Xvan Xi Txe, 2012-yili Toshkentda boʻlib oʻtgan Osiyo chempionati finalida eronlik sportchi Javod Majubni magʻlubiyatga uchratgan.
2012-yilda Londondagi (Buyuk Britaniya) Yozgi Olimpiya oʻyinlarida 100 kilogrammgacha boʻlgan vazn toifasida chorak finalda olimpiya chempioni moʻgʻulistonlik dzyudochi Naidangiin Tuvshinbayarga oʻyinni boy bergandi. Ramziddin Saidov taskin beruvchi raundda avvaliga Ozarbayjon vakili Elmar Gasimovadan qoʻli baland keldi, biroq bronza medali uchun kechgan jangda Yevropa chempionati gʻolibi, germaniyalik dzyudochi Dmitriy Petersga yutqazib qoʻydi.
2014-yilda Inchxon shahrida (Koreya Respublikasi) boʻlib oʻtgan yozgi Osiyo oʻyinlarida 100 kg vazn toifasida bronza medali sohibi boʻldi. 2016-yilda Toshkentda boʻlib oʻtgan dzyudo boʻyicha Osiyo chempionatida 100 kilogramm vazn toifasida bronza medalini qoʻlga kiritdi.
Sport faoliyati yakunlagach, u hakamlik qila boshladi va xalqaro toifadagi hakam maqomini oldi. Shu bilan bir qatorda koʻpgina sport musobaqalarida hakamlik qildi. 2020-yil Tokiodagi (Yaponiya) yozgi Olimpiya oʻyinlarida u dzyudo boʻyicha hakamlik qilgan.
Davlat mukofotlari
Manbalar
uz.wikipedia.org