Ramy Bensebaïni




Amir Selmane Ramiy bin Saba’iyniy (1995-yil 16-aprelda tugʻilgan) — jazoirlik professional futbolchi. U Bundesliganing Borussia Mönchengladbach klubi va Jazoir milliy jamoasida chap qanot yoki markaziy himoyachi sifatida oʻynaydi.

Klubdagi faoliyati



Paradou AC



Qusantina shahrida tugʻilgan Saba’iyniy futbolchilik faoliyatini Paradou klubida boshlagan, 2008-yilda yoshlar jamoasiga qoʻshilgan va 2013-yilda katta jamoasida debyut qilgan. 2013-yilning yozida Saba’iyniy Porto klubi bilan sinovdan oʻtdi va keyinchalik Angliya Premyer ligasi vakili Arsenal tomonidan ikki haftalik sinovdan oʻtkazildi, sinov mashgʻulotlari davomida Saba’iyniy 21 yoshgacha boʻlganlar darajasidagi jamoa bilan Luton Town va Colchesterga qarshi ikkita oʻrtoqlik uchrashuvida ishtirok etdi.

2014-yil iyun oyida Saba’iyniy Paradou tomonidan Belgiya Pro ligasi klubi Liersega bir mavsumga ijaraga berildi. U bu klubdagi toʻliq debyutini 3-avgust kuni Club Bruggega qarshi liga oʻyinida oʻtkazdi va 94-daqiqada Wandersonning oʻrniga maydonga tushdi. Saba’iyniy mavsum davomida 23 ta oʻyinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi, biroq Liersega quyi ligaga tushib qolmasligi uchun yordam bera olmadi.

2015-yil iyun oyida Saba’iyniyni Paradou yana ijaraga oldi, bu safar klub uni Liga 1ning 2015—2016-yilgi mavsumida Fransiyaning Montpellier klubiga ijaraga joʻnatdi.

Rennes



2016-yilning 5-iyulida Saba’iyniy Rennes bilan toʻrt yillik shartnoma imzoladi.

Borussia Mönchengladbach



2019-yilning 14-avgustida Saba’iyniy eng qimmat jazoirlik himoyachiga aylanish uchun Borussia Mönchengladbach klubi bilan 8 million yevro evaziga 4 yillik shartnoma imzoladi. U Bundesligada 1. FC Kolnga qarshi oʻyinda asosiy tarkibda debyut qildi. 10-noyabr kuni Saba’iyniy yangi jamoasi bilan Werderga qarshi oʻyinda ilk golini urdi va u oʻsha oʻyinda qizil kartochka olib maydondan chetlatildi. Saba’iyniy 2019-yil 7-dekabrda Bundesliganing amaldagi chempioni Bayern Munichga qarshi oʻyinda ikkita gol urdi va uning ishtiroki tufayli jamoasi 2:1 hisobida oʻyinda gʻalaba qozondi.

Xalqaro faoliyati



2015-yilning 19-iyulida Saba’iyniy Jazoirning 23 yoshgacha boʻlganlar darajasidagi milliy terma jamoasi safida Syerra-Leonega qarshi 2015-yilgi 23 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasidagi Afrika Millatlar kubogi saralash oʻyinida debyut qildi.

2015-yilning noyabrida Saba’iyniy ilk bor Jazoir terma jamoasiga 2018-yilgi Jahon chempionati 2018 saralashida Tanzaniyaga qarshi oʻyinga chaqirildi.

Faoliyat statistikasi



Klub



2022-yil 17-sentabr holatiga ko'ra [14][15]:

Xalqaro



2022-yil 27-sentabr holatiga ko'ra[15]:

Gollar va natijalar birinchi boʻlib Jazoirning gollar sonini sanab oʻtadi[15].

Yutuqlari



Klub



Rennes

Xalqaro



Jazoir

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz