Rampampam




Rampampam “ rumin qoʻshiqchisi va qoʻshiqnavisi Minelli ijro etgan qoʻshiqdir. 2021-yilning 18-martida Global Records leyblida singl oʻlaroq raqamli formatda eʼlon qilingan. Qoʻshiq matnini Minellining oʻzi yozgan. Qoʻshiqqa Viky Red produserlik qilgan.

„Rampampam“ qoʻshigʻi Bolgariya, Chexiya, Vengriya, Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi (MDH), Litva va Rossiya xit-paradlarida eng yuqori pogʻonagacha koʻtarilgan. Tarona Polsha fonografiya sanoati jamiyati tomonidan 3× platina setifikati bilan taqdirlangan. Bundan tashqari, qoʻshiq uchun klip ham suratga olingan boʻlib, unga Kobzzon rejissorlik qilgan. Klip 2021-yilning 18-martida Minellining YouTube kanalida eʼlon qilingan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz