Ramones




Ramones («Remounz») — amerikalik rok-guruh, pank-rokning ilk ijrochilaridan birlari, bu va alternativ rokning ko'pchilik boshqa oqimlariga ta'sir ko'rsatganlar.

Tarix



1974-yil Nyu-Yorkda tashkil topgan. Uning tarkibiga: gitarachi Jonni Ramon (Johnny Ramone - haqiqiy ismi Jon Kammings; 1951-y. 8-oktyabrda t., Long-Aylend, Nyu-York, AQSH), basist Di Di Ramon (Dee Dee Ramone - haqiqiy ismi Duglas Kolvin; 1952-y. 18-sentyabrda t., Vankuver, Kanada), vokalchi Joui Ramon (Joey Ramone - haqiqiy ismi Jeffri Hayman; 1952-y. 19-mayda t. va barabanchi Tommi Ramon (Tommy Ramone - Tommi Erdeli; 1952-y. 29-yanvarda t., Budapesht, Vengriya)lar kirganlar. Keyinchalik, 1978-yilda guruh tarkibida o'zgarishlar ro'y berib, barabanlarga Marki Ramon (Marky Ramone - haqiqiy ismi Mark Bell) o'tiradi, 1989-yilda esa bas-gitarachi Di Di guruhni tark etadi va uning o'rniga Si Jey Ramon (C.J.Ramone - haqiqiy ismi Kristofer Jozef Vard) keladi. Guruhning barcha ishtirokchilari bir xil familiyani tahallus qilib olishadi - Ramon. Buning sababi, Pol Makkartnining mehmonhonalarda "Bitlz" guruhi ishtirokchilarini ro'yhatdan o'tkazayotganda Paul Ramone (yoki Ramon) ismini ishlatishi edi. "Bitlz" ularning ijodiga jiddiy ta'sir ko'rsatgan.

Ramones'ga shuhrat 1976-1977 yy.larda, pank-rokning namunalari bo'lgan qator albomlarni yozishganda keladi

1996-yil 6-avgust guruh faoliyatini 2263ta konsert o'tkazib tugatadi, musiqachilar yakkahon proyektlar bilan shug'ullanadilar. 2001-2004 yillarda to'rt asoschilardan uchtasi vafot etadi: Joui (15-aprel 2001, Nyu-York), Di Di (5-6 iyun 2002, Los-Anjeles) va Jonni (15-sentyabr 2004, Los-Anjeles).

Diskografiya



Albomlar




Termalar




Video va DVD




Ramones'larning albom-tribyutlari




Myuzikllar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz