Ramiro Mori
Ramiro José Funes Mori (talaffuzi: Ramiro Xose Funes Mori; 1991-yil 5-martda tavallud topgan) — argentinalik futbolchi, markaziy himoyachi sifatida oʻynaydi. „Cruz Azul“ klubi futbolchisi, Argentina terma jamoasining sobiq futbolchisi hisoblanadi.
Ramironing Rogelio ismli egizak akasi bor, u ham professional futbolchi.
Klublardagi faoliyati
2001-yilda Ramiro oilasi bilan AQShga koʻchib oʻtdi va u yerda akasi bilan birga „Dallas“ klubining bolalar jamoasida futbol bilan shugʻullanishgan.
2015-yilning 1-sentabrida 9,5 million funt evaziga Ramiro Angliyaning „Everton“ jamoasiga oʻtdi. 12-sentabr kuni futbolchi Angliya Premyer-ligasida debyutini oʻtkazdi va „Chelsea“ futbol klubiga qarshi oʻyinda Simus Koulmanning oʻrniga maydonga tushdi va ilk debyut oʻyini gʻalaba bilan boshlandi.
2022-yilning yozida Funes Mori meksikaning „Cruz Azul“ futbol klubiga koʻchib oʻtdi. 15-avgust kuni „Toluca“ jamoasi bilan oʻyinda u Meksika Premyer ligasida debyut qildi. Oʻsha uchrashuvda Ramiro „Cruz Azul“ safidagi ilk golini urdi.
Milliy terma jamoadagi faoliyati
2015-yil 28-mart kuni Salvador terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida Mori Argentina terma jamoasi safida debyut qildi.
2016-yilning yozida Ramiro AQShda boʻlib oʻtgan Amerika kubogining kumush medali sohibiga aylandi. Turnirda u Panama, Boliviya, AQSh, Venesuela va ikki marta Chili jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan.
2016-yilning 6-oktabr kuni JCh-2018 saralashida Peru milliy terma jamoasiga qarshi oʻyinda Ramiro terma jamoa safidagi ilk golini urgan.
2019-yilning yozida Funes Mori 2019-yilda Braziliyada boʻlib oʻtgan Amerika kubogida ishtirok etdi. Turnirda u Chili terma jamaosiga qarshi maydonga tushgan.
Statistika
Manbalar
uz.wikipedia.org