Ramil Islomov
Ramil Raisovich Islomov (1973-yil 21-avgustda tugʻilgan) — oʻzbek va rossiyalik erkin kurashchi, jahon chempionati sovrindori, Osiyo chempioni sanaladi.
Tarjimai hol
Ramil 1973-yilda Toshkent shahrida dunyoga keladi. U 1995-yilda Osiyo chempioni boʻldi. 1996-yilda Atlantada oʻtgan oʻyinlarda ishtirok etgan, lekin vaziyat u oʻylagandek boʻlib chiqmay 5-oʻrinni egallaydi. Ramil 1997-yilda jahon chempionatining kumush medali sovrindori boʻldi.
Kurashchi 1998-yilda Osiyo oʻyinlarining kumush medalini qoʻlga kiritdi. Oʻziga ishongan Islomov 1999-yilda Osiyo chempionatining kumush medali va jahon chempionatining bronza medali sovrindori boʻldi. Ramil 2000-yilda Osiyo chempioni boʻlishga erishdi, biroq Sidney Olimpiadasida jarohati butkul bitmagani sababli 17-oʻringa tushib ketadi.
Ramil Ismoilov 2003-yilda Rossiyaga koʻchib oʻtdi va "MHSK"ga aʻzo boʻldi, shu yilning oʻzida Yevropa chempionatida 5-oʻrinni egalladi.
Hozirgi kunda erkin kurash boʻyicha Rossiya ayollar terma jamoasi bosh murabbiyi.
Mukofot va unvonlar
• 1996-yilda “Shuhrat” medali
• 2000-yilda Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi
Havolalar
Manbalar
uz.wikipedia.org