Rameshbabu Vaishali
Rameshbabu Vaishali (2001-yilda tugʻilgan) — hindistonlik shaxmatchi, u FIDE xalqaro shaxmat ustasi (IM) va ayol grossmeyster (WGM) unvonlariga ega. U grossmeyster R.Praggnanandhaaning katta opasi boʻladi.
Yoshligi
Vaishali Rameshbabu Chennayda tamil oilasida tugʻilgan. U grossmeyster R Praggnanandhaaning katta opasi hisoblanadi. Uning otasi Rameshbabu „Tamil Nadu“ davlat korporatsiyasi bankida menejer boʻlib ishlaydi. Uning onasi Nagalakshmi esa uy bekasi hisoblanadi.
Faoliyati
Vaishali 2012-yilda 12 yoshgacha va 2015-yilda 14 yoshgacha boʻlgan qizlar oʻrtasida shaxmat boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida gʻolib chiqdi. 2016-yilda u „Xalqaro ayol ustasi“ (WIM) unvonini oldi. U 2016-yilgi koʻrsatkichlar boʻyicha, Hindistonda ikkinchi oʻrinni va jahonning 16 yoshgacha boʻlgan shaxmatchilari ichida 12-raqamli shaxmatchisi boʻlgan. Oʻsha paytda uning Elo reytingi 2300 ball edi.
U 2018-yil 12-avgust kuni, Latviya poytaxti Riga shahrida oʻtkazilgan „Riga Technical University Open“ shaxmat turnirida yakuniy oʻyindan soʻng, ayol grossmeyster (WGM) unvoniga ega boʻldi.
Vaishali oʻzining birinchi medalini qoʻlga kiritgan, Hindiston shaxmat terma jamoasi safida „Onlayn Olimpiada 2020“ turnirida ishtirok etgan.
U 2021-yilda xalqaro shaxmat ustasi (IM) unvonini oldi. 2022-yilda Vaishali 7/9 ball toʻplagan va ikkinchi grossmeyster unvonini qoʻlga kiritib, sakkizinchi Fisher memorialini qoʻlga kiritdi.
Vaishali tezkor shaxmat boʻyicha 2022-yilgi FIDE ayollar chempionatida ishtirok etish uchun taklif qilindi va u 1/8 finalda ayollar oʻrtasida blits boʻyicha jahon chempioni Bibisara Assaubayevani va chorak finalda Harika Dronavallini magʻlub etdi.
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org