Rambha
Rambha - hind aktrisasi. Deyarli yigirma yillik faoliyati davomida Rambha sakkiz mintaqaviy tilda, asosan, telugu va tamil tillarida, malayalam, kannada va hind tillarida, bengal, bxojpuri va ingliz tillarida ishlangan 100 dan ortiq filmlarda suratga tushgan. U 90-yillarda Hindistonning taniqli aktrisalaridan biri edi.
Yoshlik yillari
Rambha Vijayalakshmi sifatida Andxra-Pradesh shtatining Vijayavada shahrida 1976-yil 5-iyunda telugu oilasida tugʻilgan. U Vijayavadadagi Atkinsons kattalar oʻrta maktabida oʻqigan. U 7-sinfda oʻqiyotganda, maktabining yillik tadbirda Ammavaru (Ona maʼbuda) rolini bajargan. Tadbirda rejissor Xarixaran ishtirok etgan. Rejissor Rambha bilan bogʻlanadi va keyinchalik uni malayalam filmi "Sargam"ning ayol bosh rolini ijro etishga taklif beradi. Uning ekrandagi birinchi ismi Amruta edi. Keyinchalik u telugu tilidagi debyut filmi „Aa Okkati Adakku“dagi qahramon nomidan kelib chiqib, oʻz nomini Rambha ismiga oʻzgartiradi.
Faoliyati
Rambha 15 yoshida taʼlim olishdan voz kechdi va keyin oʻz faoliyatini Xarixaranning Vineeth qarshisidagi „Sargam“(1992) nomli malayalam tilidagi filmida rol ijro etishdan boshladi. Film kassada yaxshi daromad keltirdi. Rambha rejissor E.V.V. Satyanarayana eʼtiboriga tushdi. Keyin uni telugu filmi „Aa Okkati Adakku“ (1992) deb nomlangan filmga suratga tushishga chaqirdi. Filmda u Rajendra Prasad bilan juftlikda suratga tushdi. Filmda u oʻzini yaxshi koʻrsata oldi. Hindiston boʻylab bir nechta kino sanoatining vakillari tomonidan aktrisaga bir nechta filmda rol oʻynash takliflarini berildi. 1990-yillarning oxirida oʻz karyerasining eng yuqori choʻqqisiga chiqdi. Rambha ataylab film takliflarini koʻpaytirish uchun jozibali rollarni tanlashda davom etdi. Chiranjeevi rolini oʻynagan „Hitler“ (1997) kabi muvaffaqiyatli filmlarda Rambha sujetga ahamiyat bermay, faqat bosh aktyorning sevgilisi sifatida tasvirlanadigan rollarda ijod qilgan.
U produserlik faoliyatini akasining yordami bilan “Three Roses"(Uch atirgul) (2003) filmida boshlagan. Unda Jyotika, Layla va Rambha bosh qahramonlarni ijro etgan. Biroq, film kassada muvaffaqiyatsizlikka uchradi va film chiqqandan keyin u katta qarzga botib qoldi. U qarzni toʻlash uchun Chennai togʻidagi uyini sotdi.
Rambha bir necha tillarda rollar ijro qilgan va har doim malayalam, telugu, tamil, hind, kannada, bhojpuri va bengal tillarida muvaffaqiyatli ishlab kelgan. 2010-yilda Rambha Prakash Raj bilan birga „Vidiyum Varai Kathiru“ nomli triller filmi uchun suratga tushdi. Film uch tilda, yaʼni tamil, telugu va malayalam tillarida suratga olingan, ammo film kinoteatrlarda namoyish etilmagan.
Turmushga chiqqanidan keyin u filmlardagi mashhurligi yoʻqolganini his qilgani uchun filmlardan voz kechdi. Chunki u avvalgidek yaxshi rollarga ega emasligini payqab qoldi. Shunda u juda mashhur Tamil telekoʻrsatuvi "Maanada Mayila"da va telugu raqs shoularida hakamlik qildi. Uzoq tanaffusdan soʻng u Torontodan qaytib keldi. „Zee Telugu“ning raqs shousi ABCD-Anybody Can Dance hakami sifatida ishladi va Vijay TVda „Kings of Comedy Juniors“da hakamlik qildi.
U Chennai shtatidagi Kolors sogʻliqni saqlash kompaniyasining mahsulot brendi elchisi.
Shaxsiy hayoti
Rambha 2010-yil 8-aprelda Tirumala shahridagi Karnataka Kalyana Mandapamda yashovchi Shri-Lankalik tamil tadbirkori Indrakumar Patmanatanga turmushga chiqdi. Ular Torontoga hayot kechirdi. Ularning ikki qizi va bir oʻgʻli bor.
Filmografiyasi
Telugu
Tamil
Hind
Kannada
Malayalam
Bengal
Bxojpuri
Ingliz
Televideniye
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org