Raman Hrabarenka
Raman Hrabarenka (talaffuzi: Raman Xraberenka) (belaruscha: Раман Грабарэнка, 1992-yil 24-avgustda tugʻilgan) (
Roman Graborenko (ruscha: Роман Гpaбoрэнкo) nomi bilan ham tanilgan) — belaruslik professional xokkey himoyachisi. Raman Hrabarenka hozirda "VHK ROBE Vsetín" xokkey jamoasida faoliyat olib bormoqda.
Klublardagi oʻyin faoliyati
Raman Hrabarenka Belarussiyada tugʻilgan. Hrabarenka 6 yoshida xokkey bilan shugʻullana boshlagan. Raman Hrabarenka 11 yoshida ota-onasi bilan Rossiyaga koʻchib oʻtgan. Xokkeychilik karyerasini davom ettirish uchun Raman Hrabarenka 16 yoshida AQShga koʻchib oʻtgan va Sharqiy xokkey ligasi vakili „Philadelphia Revolution“ xokkey jamoasida oʻynay boshlagan.
Shundan soʻng, Raman Hrabarenka „Cape Breton Screaming Eagles“ va „Drummondville Voltigeurs“ xokkey klublari bilan faoliyatini davom ettirdi.
Raman Hrabarenka 2012—2013-yilgi mavsumda Amerika xokkey ligasining „Albany Devils“ xokkey jamoasida harakat qildi. Keyinchalik Raman Hrabarenka „Albany Devils“ xokkey klubining asosiy filiali „New Jersey Devils“ xokkey klubi bilan 2013-yil 12-iyulda uch yillik boshlangʻich darajadagi shartnoma imzoladi.
Raman Hrabarenka 2014—2015-yilgi mavsumda NHLda ilk oʻyinini 2015-yil 9-aprel kuni „Tampa Bay Lightning“ xokkey klubiga qarshi uchrashuvda o‘tkazdi.
Shundan soʻng, Raman Hrabarenka 2016-yil 22-avgustda „Toronto Maple Leafs“ xokkey klubi bilan professional sinov shartnomasiga rozi bo‘ldi. Sinov muvaffaqiyatsiz tugadi va 2016-yil dekabr oyida Hrabarenka Belarussiyaga qaytib, Kontinental xokkey ligasi (KHL) vakili „HC Dinamo Minsk“ klubi bilan shartnoma imzoladi. Raman Hrabarenka 2016—2017-yilgi mavsumda „HC Dinamo Minsk“ xokkey klubi safida 17 ta o‘yin o‘tkazib, 6 ochko jamg‘ardi. Keyin Raman Hrabarenka 2017-2018-yilgi mavsum uchun „Neftekhimik Nizhnekamsk“ xokkey klubi bilan shartnoma imzoladi.
Chexiya Ekstraligasi vakili „HC Litvínov“ va „HC Bíli Tygři Liberec“ xokkey klublari bilan ikki mavsum davomida faoliyat olib bordi. Keyin Hrabarenka 2020-yil 15-mayda bir yillik shartnoma asosida Kontinental xokkey ligasi (KHL) vakili „Neftekhimik Nizhnekamsk“ xokkey jamoasi safiga qaytdi.
Xalqaro oʻyinlardagi faoliyati
Raman Hrabarenka 2012-yilda Belarus milliy xokkey terma jamoasi safida ilk oʻyinini oʻtkazdi. Shundan soʻng, Raman Hrabarenka terma jamoa safida 2013, 2014 va 2017-yilgi jahon chempionatlarida ham ishtirok etdi.
Faoliyat statistikasi
Muntazam mavsum va pley-off oʻyinlari
Xalqaro
Manbalar
uz.wikipedia.org