Rama Akkiraju
Rama Akkiraju IBM Almaden tadqiqot markazida faoliyat yurituvchi asli hindistonlik, amerikalik kompyuter olimi. U IBM shirkatida IT (innovatsion texnoligiya) operatsiyalari boʻyicha, sunʼiy intellekt sohasida tadqiqotlar olib boradi.
Rama oʻz faoliyatini New-Yorkdagi TJ Watson tadqiqot markazida boshlagan va keyinchalik IBM Almaden tadqiqot markaziga koʻchib oʻtgan. U 2015-yildan 2019-yilgacha IBM’ning Watson bo‘limida taniqli muhandis va muhandislik bo‘yicha direktor bo‘lib ishlagan.
Rama 2019-yilda IBM Fellow unvoniga sazovor bo‘lgan. U 2014-yildan beri IBM Master ixtirochisi.
Taʼlimi
Rama 2004-yilda New-York universiteti, Stern biznes maktabida biznes boshqaruvi magistri (MBA) darajasini oladi. U 1995-yilda Utah shtat universitetida kompyuter fanlari boʻyicha magistr darajasini va 1993-yilda Hindistonning Andxra-Pradesh shtatidagi JNTU muhandislik kollejida elektronika muhandisligi boʻyicha texnologiya bakalavri (B.Tech) darajasini olgan.
Professional sifatida hissalari
Rama 2018-yilda xizmat ko‘rsatish fanlari bo‘yicha professional jamiyat bo‘lgan ISSIP prezidenti bo‘lib ishlagan va ISSIP orqali AI loyihalarini faol boshqaradi. Rama CompTIA sanoat forumida AI Kengashining hamraisi. Rama turli akademik konferentsiyalar va jurnallar, shu jumladan IEEE va ACM jamiyatida dastur qoʻmitasi raisi va dastur qoʻmitasi aʼzosi boʻlib ishlagan.
Faoliyati va tadqiqoti
Rama 100 dan ortiq texnik maqolalar muallifi. U AAAI va INFORMs tomonidan sunʼiy intellekt va operatsion tadqiqotlar sohalarida 4 ta mukofot sovrindori.
Rama sunʼiy intellekt, IT operatsiyalari uchun sunʼiy intellekt va boshqalar boʻyicha koʻplab asosiy maʼruzalar, podkastlar va blog postlarini taqdim etgan.
Nashrlari va mukofotlari
Rama kompyuter fanlari sohasida 100 dan ortiq texnik maqola muallifi. U koʻplab sanoat mukofotlari va eʼtiroflariga sazovor boʻlgan.
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org