Ralph DePalma




Raffaele „Ralph“ De Palma (1882-yil 19-dekabr – 1956-yil 31-mart) — 1915-yilgi Indianapolis 500 musobaqasida gʻolib chiqqan poygachi. U italyan-amerikalik chempion hisoblanadi. U Xalqaro avtosport shon-shuhrat zaliga kirgan. Faoliyati davomida 2000 ga yaqin poygada gʻalaba qozongani taxmin qilinadi. DePalma 1908, 1909, 1910 va 1911-yillardagi Amerika AAA milliy dirt-trek chempionatlarida gʻolib chiqdi. American Champ car avtopoygalarida 24 ta gʻalaba qozongan. U 1929-yilda Kanada milliy chempionatida g‘olib chiqdi. DePalma 27 yillik faoliyati davrida 1,5 million dollar ishlab topgan. U koʻplab shon-sharaf zallariga kiritilgan.

Faoliyati



Italiyaning Apuliya shtati, Bikkari shahrida tug‘ilgan DePalma oilasi 1893-yilda Amerika Qoʻshma Shtatlariga koʻchib oʻtgan. Yoshligida u velosiped poygalarida ishtirok etgan. Lekin yigirma ikki yoshida yaʼni 1909-yildan poygalarda ishtirok eta boshladi.

DePalma avtomobil poygalarida muvaffaqiyat qozondi. 1911-yilda DePalma birinchi Milwaukee Mile Championship Car poygasida gʻolib chiqdi. U 1912-yilgi Indianapolis 500da dramatik tarzda ikkinchi oʻrinni egallagan. 200 ta davraning 196 tasida peshqadamlik qilgan. Uning Mersedes avtomobili marraga yaqin ishdan chiqadi. Oʻsha paytda faqat toʻliq 200 turni bosib oʻtgan avtomobillar mukofot pulini olishgan. Ushbu Mercedes Indianapolis Motor Speedway shon-shuhrat muzeyida namoyish etiladi.

Vafoti



U Kaliforniyaning Janubiy Pasadena shahridagi uyida saraton kasalligidan 1956-yil 31-martda 73 yoshida vafot etdi. U Kaliforniyaning Kalver-Siti shahridagi Muqaddas Xoch qabristoniga dafn qilindi .

Mukofotlari




Indianapolis 500 natijalari




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz