Ralph Breaks the Internet
Ralph internetga qarshi (inglizcha:
Ralph Breaks the Internet ) 2018-yilda ekranlarga chiqarilgan 3D formatdagi kompyuter-animatsion film boʻlib, Walt Disney Animation Studios tomonidan ishlangan va Walt Disney Studios Motion Pictures tomonidan tarqatilgan. 2012-yilda chiqarilgan Wreck-It Ralph filmi davomi hamda 57-toʻliq metrajli Disney animatsion filmi. Filmda bosh qahramonlarga John C. Reilly, Sarah Silverman, Jack McBrayer, Jane Lynch, Taraji P. Henson, Alan Tudyk va Gal Gadot ovoz berishgan. Filmning ilk namoyishi 2018-yilning 21-noyabrida AQShda boʻlib oʻtgan.
Mazmuni
Filmda birinchi film voqealaridan olti yil oʻtgach oʻyin avtomatlari galereyasiga Janob Litwak tomonidan Wi-Fi router ulanishi ortidan Wreck-It Ralph (talaffuzi: Rek-It Ralf) Internet maʼlumot boʻshligʻida boshidan kechirgan sarguzashtlar haqida hikoya qilinadi.
Ovoz berganlar
Fix-It Felix Jr. nomli xayoliy arkada oʻyinidagi ikkinchi darajali qahramon. Bahaybat jussaga ega boʻlsa-da, koʻngilchandir[6].
Sugar Rush oʻyinidagi poygachi qiz[7].
Fix-It Felix Jr. oʻyinidagi asosiy qahramon. Sergeant Calhounning eri[8].
Heroʻs Duty oʻyinidagi asosiy qahramon. Fix-It Felix Jr.ning rafiqasi[8].
BuzzTubedagi eng ommabop videolarni aniqlovchi algoritm[9][10].
Qidiruv tizimi[10][11].
Slaughter Race oʻyinidagi poygachi ayol[12].
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org