Ralf Fährmann
Ralf Fährmann (talaffuzi: Ralf Fermann) (1988-yil 27-sentyabrda tugʻilgan) — Germaniyalik professional futbolchisi. Bundesliganing „Schalke 04“ klubida darvozabon sifatida oʻynaydi.
Klublardagi faoliyati
Fährmann 2008-yilning 13-sentyabrida „Schalke 04“ tarkibida Dortmundning „Borussiya“ klubiga qarshi oʻyinda (3:3) professional debyut qiladi. 2008-yil 16-sentyabrda u oʻzining birinchi xalqaro oʻyinini UEFA kubogi doirasida APOELga qarshi oʻyinda oʻtkazdi.
2008-09-yilgi mavsum oxirida u „Schalke“ni tark etdi va „Eintracht“ga kelib qoʻshildi. „Eintracht“ bilan 2012-yil 30-iyungacha shartnoma imzoladi.
2011-yilda „Schalke 04“ Manuel Noyerni „Bavariya“ga sotganidan keyin Fährmann „Schalke“ga qaytdi. 2011-yilgi DFL-Superkubogida Fährmann oʻyinning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Ushbu oʻyin 90 daqiqadan soʻng 0:0 hisobida yakunlandi va penaltilar seriyasiga qadar davom etdi. Fährmann Kevin Großkroytz va Ivan Perishich tomonidan amalga oshirilgan jami 2ta penaltini qaytaradi va shu bilan „Schalke“ga klub tarixida birinchi marta Superkubok kubogini qoʻlga kiritishiga yordam beradi. 2013—2014-yilgi mavsum boshida u Timo Xildebranddan keyingi asosiy tarkib darvozaboni boʻlib qoladi.
2014-yilning 4-mayida „Schalke“ Fährmann bilan shartnomasini 2019-yilning 30-iyuniga qadar uzaytirganini eʼlon qildi.
Fährmann 2018-yil 18-aprel kuni Frankfurtning „Eintracht“ jamoasiga qarshi oʻyinda „Schalke 04“ jamoasi tarkibidagi 200-uchrashuvini oʻtkazdi.
2019-yilning 5-iyulida Fährmann 2019—2020-yilgi mavsum oxirigacha ijara asosida „Norvich Siti“ga oʻtdi. 2020-yil 10-martda u Norvichni tark etdi va 2020-yil 30-iyungacha SK Brannga ijaraga berildi. 2020-yil 23-aprel kuni u COVID-19 pandemiyasi sababli Germaniyaga joʻnab ketdi va 9-iyun kuni Brann Fährmann ijara shartnomasining oxirgi kunida qaytmasligini tasdiqladi.
Xalqaro faoliyati
Fährmann Germaniyaning bir qancha yoshlar milliy futbol jamoalarining sobiq aʼzosi.
Shaxsiy hayoti
Fährmannning akasi Falk Fermann FSV Zwickau jamoasida darvozabon sifatida oʻynagan.
Faoliyati statistikasi
Klub
Yutuqlari
„
Schalke 04“ Manbalar
uz.wikipedia.org