Raúl Gudiño
Raul Manolo Gudiño Vega (talaffuzi: Raul Gudino) (1996-yil 22-aprelda tugʻilgan) — meksikalik professional futbolchi, oliy liganing „Atlanta United„ klubi darvozaboni.
Klubdagi faoliyati
Porto
2014-yil 29-avgustda Guadalajara Gudino Portugaliyaning “Porto“ klubiga oʻn oylik ijara asosida oʻtishini va bu transferni doimiy qilish imkoniyati borligini eʼlon qilgan. U 2014-yilning noyabr oyida Segunda Liga doirasida „Academico Viseu“ga qarshi „B“ jamoasida debyut qilgan. 2015-yilning 14-fevralida u 32-daqiqada "Feyrense „ darvozasiga belgilangan penaltini qaytarib, „Porto B“ning 1:0 hisobidagi gʻalabasiga yordam bergan.
2015-yil 16-iyun kuni „Porto“ Gudino bilan 1,5 million yevroga sotib olish opsiyasini ishga tushirib, doimiy shartnoma imzolaganini eʼlon qilgan. 2016-yilning 11-fevralida Gudino mavsumning qolgan qismida Portu klubidan ijara asosida Uniãoda Madeyraga oʻtgan.
APOEL (ijara) 2017-yilning 31-avgustida Gudino Kiprning APOEL klubi bilan mavsumiy ijara asosida shartnoma imzolagan. 17-oktabr kuni UEFA Chempionlar ligasi guruh bosqichining Dortmundning „Borussiya“ klubiga qarshi oʻyinda Gudino Boy Waterman oʻrniga maydonga tushgan va Chempionlar ligasi oʻyinida maydonga tushgan ilk meksikalik darvozabonga aylangan.
Guadalajara
2018-yilning 26-mayida Gudinyo APOELda bir yillik ijara muddatidan soʻng yana Guadalajaraga qoʻshilgan. 21-iyul kuni u Tixuanaga qarshi oʻyinda debyut qilgan va 2:1 hisobida magʻlub boʻlgan. 30-sentabr kuni „America klubi“ga qarshi oʻzining birinchi “Super Klasiko"sida Gudino Mateus Uribening penaltisini toʻsib, hisobni 1:1 koʻrinishida saqlab qolgan. Uchrashuvdan soʻng bosh murabbiy Jose Saturnino Kardozo uning oʻyinini yuqori baholagan.
Atlanta
2022-yil 20-iyun kuni Gudino 1 yillik shartnoma asosida erkin agent sifatida Atlanta Unitedga qoʻshilgan.
Xalqaro faoliyati
2018-yil 2-oktabrda Gudino vaqtinchalik bosh murabbiy Rikardo Ferretti tomonidan oktabr oyida Kosta-Rika va Chiliga qarshi oʻrtoqlik oʻyinlariga chaqirilgan. U 11-oktabr kuni Kosta-Rikaga qarshi oʻyinda Gibran Lajudning oʻrniga maydonga tushgan va Meksika 3:2 hisobida gʻalaba qozongan.
Faoliyat statistikasi
Xalqaro
Yutuqlar
APOEL Porto B Meksika yoshlari Shaxsiy yutuqlari Manbalar
uz.wikipedia.org